“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:50
ЎЗO‘Z

Zelenskiy hukumati «Qrimni qaytarish strategiyasi»ga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi

04 iyun, 16:46 2 895 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zelenskiy hukumati «Qrimni qaytarish strategiyasi»ga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselga ilk bor tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi va NATO rasmiylari bilan Kiyevda ishlab chiqilayotgan «Qrimni qaytarish» strategiyasini muhokama qiladi. «RBK»ning xabar berishicha, bu haqda Zelenskiy matbuot kotibi Yuliya Mendel ma’lum qilgan.

«Administratsiya Qrimni unutib yubordi deb o‘ylamang. Doimiy konsultatsiya o‘tkazilmoqda. Bir qarorga kelinganda ma’lum qilinadi», — deb tushuntirish bergan Mendel. Uning ta’kidlashicha, Zelenskiy administratsiyasi shaffof bo‘lish niyatida, biroq yakuniy qaror chiqarilmaguncha tafsilotlarni oshkor qilmaydi.

May oyi oxirlarida ma’lum bo‘lishicha, Zelenskiy Bryusselga 4—5 iyun kunlari keladi. Qayd etilishicha, u NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk va Yevropa Komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker bilan uchrashishi kutilmoqda. Bundan tashqari, prezident iyul oyida Ukraina—YeI sammiti doirasida Bryusselga yana tashrif buyuradi.

Inauguratsiya vaqtida Zelenskiy Qrim va Donbass «Ukraina yeri» ekanini aytgan. Uning ta’kidlashicha, mamlakat nafaqat hududni, balki odamlarni ham yo‘qotdi.

Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritilgan edi. Ukraina sodir bo‘lgan holatni anneksiya (bir davlat tomonidan boshqa davlatning bir qismini majburan qo‘shib olinishi) deb baholamoqda. Kremlda bu ayblov bir necha marta inkor etilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Qrimning egalik masalasi tarixiy jihatdan yopilganini ma’lum qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar