“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

Lirik chekinish: Rossiyadagi migrantdan maktub

27 мая, 10:20 3 048 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lirik chekinish: Rossiyadagi migrantdan maktub Foto:«UzTAG»
«Assalomu alaykum, olis tog‘lar bag‘ridagi mo‘jazgina qishlog‘im...

Mana sovuq diyordagi uchinchi qishniyam o‘tkazdik. «Brigadamiz» yetti kishidan iborat. Qish bo‘yi ichkarida, bino remonti bilan mashg‘ul bo‘ldik. Hozir kunlar ancha ilidi. «Ilidi» deganiyam ayoz ortiq yuzingdan chaqmaydi, daraxtlar uyg‘onib, kurtak chiqaradi. Men yurtimda bu vaqtlar qirda sarg‘ayayozgan bedalarga chalg‘i urgan bo‘lardim... Sovuq diyorning sovuq siyratidan ichingga issiq kirishi ham qiyin...

Xullas, kechasi tush ko‘rdim. Hovlimizdagi gilos g‘arq pishganmish. Oftobda ajib yaltiragan, barglar ortidan «ko‘z qisgan» giloslar... Ariqchada suvning shildirashi eshitiladi. Gilosni muzdek suvda chayib, yeyishni o‘ylab, og‘zimga suv keldi. Daraxtga tirmashdim. Tanasi g‘adir-budur, barg-u, mevalari go‘zal, ajib yaratiq... Rusda hanuz daraxtlar uyg‘onolmay karaxt.

Daraxtga chiqib gilosxo‘rlikni boshlayman degan vaqtimda uyg‘onib ketdim. Hatto tush ham ota hovlimda yana biroz yayrashimni istamadi.

Yonimda sheriklar uxlamoqda. Mana G‘iyos-bu yil uylanmoqchi. Mo‘ylabi maysadek, xushsurat. Ko‘ngil qo‘ygani «Rossiyada mardikor» deb unamayotgan emish. Sho‘rlik eshitib, «uyimdagi borimni sotib, o‘qimagan ekanmanda» dedi yig‘lamsirab.

Nariroqda Asqarali yotibdi. 20 yillik usta. Jo‘jabirdek jon. Beshta qizi bor. Har yili borib, bittasini uzatib qaytib keladi. Aytishicha, navbatdagisini uzatganda, 5 ming «ko‘kat» qarz bo‘lib qolganmish...

Keyingi joyda pishiq-puxta Qosimbek yotibdi. Nima yetmaydi, shu bolaga. Uyi, mashinasi, chiroyli oilasi bor, qo‘li gul... Orqavarotdan eshitishimcha, uyida zerikarmish. Rossiyaga kelmasa, qishloqda portlab ketarmish... Ajab...

Xullas, bizda shunaqa gaplar, qishlog‘im. Qachon boraman noma’lum. Imoratni yangilamoq darkor. Unga esa pul kerak, pul... Xayr».

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 0
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 1
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 1
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 2
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar