“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:20
ЎЗO‘Z

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ko‘zda yosh bilan iste’foga chiqdi (video)

24 мая, 16:34 3 214 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ko‘zda yosh bilan iste’foga chiqdi (video) Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 7 iyun kuni konservativ partiya rahbarligidan ketishini e’lon qildi. Uni iste’foga chiqishga Mey taqdim qilgan «Brekzit» bo‘yicha YeI bilan kelishuvdan norozi bo‘lgan partiyadoshlari, xususan Vazirlar Mahkamasi a’zolari majbur qilishdi. Bu esa Tereza Mey mamlakat bosh vazirligidan ham ketishi kerakligini bildiradi.

Mey xonim uning Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha taklif etgan rejalari qo‘llab-quvvatlanmaganidan afsusdaligini bildirgan. Dauning-stritdagi ehtirosli chiqishi vaqtida Mey xonim «Brekzit» tarafdorlari g‘alabasi bilan yakunlangan 2016 yilgi referendum natijalari bo‘yicha ishlarni yakunlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini aytib o‘tgan.

«Uch yil muqaddam britaniyaliklar o‘z tanlovlarini amalga oshirishgandi va prognozlarga qaramasdan, Yevroittifoqdan chiqishga qaror qilishgandi. Demokratik davlat o‘z fuqarolari tanlovini hurmat qilmog‘i lozim, men ham «Brekzit» amalga oshishi uchun barcha sa’y-harakatlarni qildim. Ammo men buni uddalay olmadim. Endi bu ish bilan yangi bosh vazir shug‘ullanishi kerak, uni Konservativlar partiyasi 7 iyunga qadar tanlashadi — men bugun lavozimimdagi oxirgi kunni o‘tkazaman.

Mening izdoshim parlamentda kelishuvga erishishiga to‘g‘ri keladi, men esa bunga erisha olmadim. Ammo bu ish barcha tomonlar roziligisiz amalga oshmaydi. Uch yil ichida biz defitsitni qisqartirdik, davlat qarzini kamaytirdik, yangi ish o‘rinlari yaratdik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirdik. Bu zamonaviy konservativ hukumat olib borgan ishlar samarasidir.

Biz unutmasligimiz kerakki, buyuk kelajakka ega birlashgan davlatmiz. Men bu mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol bosh vazir bo‘ldim, ammo oxirgisi emas. Men o‘zim sevgan mamlakatga xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan behad minnatdorman»
, degan Mey xonim.

U nutqini yakunlashga ulgurmasdan yig‘lab yuborgan.

What an emotional ending to that Theresa May reign... #Trexit pic.twitter.com/EuXpHSV1Yw

— Paddy Power (@paddypower) May 24, 2019

Keyingi vaqtlarda Tereza Mey «Brekzit» jarayonini hal qila olmagani uchun hatto o‘zi yetakchisi bo‘lgan Konservativlar partiyasi tomonidan ham tanqidlarga uchrayotgandi.

Bi-bi-si ma’lumotiga ko‘ra, Mey xonim konservatorlar partiyaning yangi rahbarini tanlashmagunicha o‘z lavozimini bajarishda davom etadi.

21 may kuni Mey parlamentga «Brekzit» bo‘yicha yangi qonun loyihasini taqdim etgandi, unga ko‘ra qayta referendum o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi. Deputatlarning ko‘pchiligi bu loyihani ma’qullamadi.

Mey iste’foga chiqishi haqida 23 may kuni The Times nashri anons bergandi. Gazeta iste’foning sabablaridan biri sifatida hukumat YeIdan chiqish bo‘yicha kelishuvning yangi variantini qo‘llab-quvvatlamaganini keltirgandi, ammo Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jerem Hant Mey xonim yaqin vaqtlar ichida iste’foga chiqmasligini bildirgandi. Parlament Mey xonimning Brekzit bo‘yicha yangi taklifini ham rad etgan.

2018 yilning 15 noyabrida Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi YeIni tark etish bo‘yicha kelishuvni qabul qilgandi. 2019 yil 11 aprelida YeI va Buyuk Britaniya «Brekzit»ni 2019 yilning 31 oktyabriga qoldirishga kelishgan, Mey bu taklifni qabul qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar