“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 06:50
ЎЗO‘Z

AQShning Iroqdagi elchixonasi “Katyusha”dan o‘qqa tutildi

20 мая, 09:47 3 478 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShning Iroqdagi elchixonasi “Katyusha”dan o‘qqa tutildi Iroq poytaxti Bag‘dodning “yashil hududi”da “Katyusha” reaktiv snaryadi portladi. Bu haqda RT telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, snaryad tushgan ushbu hududda asosiy vazirliklar va elchixonalar, jumladan AQSh elchixonasi joylashgan.

Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ayni vaqtda iroqlik harbiylar boshqa tafsilotlarni keltirishmagan.
Al Arabiya telekanalining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh elchixonasi o‘qqa tutilgan.

“Yashil hudud” 2003 yilda Saddam Husayn tuzumi ag‘darilgandan keyin 10 kvadrat kilometrlik hududda paydo bo‘lgan. Avval Husayn saroylari, davlat idoralari, amaldorlarning uylari va villalari joylashgan, baland to‘siq bilan o‘ralgan ushbu hududda Iroqning yangi hokimiyati idoralari, jumladan parlament qo‘nim topgan. U yerga faqat maxsus biometrik ruxsatnomalar bilan sinchkov tekshiruvdan keyin kirish mumkin. Hududga tushishning qiyinligi sababli jangarilar uni minomyotdan va raketalar bilan o‘qqa tutish amaliyotini qo‘llashadi.

“Katyusha” Ikkinchi jahon urushi vaqtida sobiq ittifoqda ishlab chiqilgan ko‘p maqsadli raketa qurilmasi bo‘lib, ushbu arzon va samarali tizimlarni oddiy yuk mashinalarga o‘rnatish mumkin bo‘lgan. Ushbu qurol urushdan keyin takomillashtirilib, ko‘plab davlatlarga, jumladan Iroqqa yetkazilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 1
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • So'nggi yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 0
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 35
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 20
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 169
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 72
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 196
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Bo‘limlar