“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:29
ЎЗO‘Z

Xitoy lunoxodi Oyning orqa tomonida ajoyib kashfiyot qildi

16 мая, 19:35 3 673 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy lunoxodi Oyning orqa tomonida ajoyib kashfiyot qildi Foto: CNAS / CLEP
Xitoyning «Yuytu-2» lunoxodi Oyning orqa tomonida Oy mantiyasining ikki xil jinslarini topdi, deb xabar berdi «RIA Novosti». Olimlar shu paytgacha uning borligiga shubha qilib kelgan edi. Uning o‘rganilishi Yer va uning yo‘ldoshining shakllanishi tarixini ochib beradi.

«Ajablanarlisi shuki, ‘Appolon’lar ham, sovet zondlari ham Yerga Oy mantiyasidan biror namuna keltirmagan. ‘Yuytu-2’ esa NASA zondi o‘lchovlari ko‘rsatganidek, Janubiy qutb-Eytken havzasi tubidagi kraterga qo‘nib, uning tarkibi haqida birinchilardan bo‘lib ma’lumot oldi», — deya kashfiyotga izoh bergan Tuluza universiteti paleontologi Patrik Pine.

Xitoyning «Chan’e» Oyni zondlash dasturi o‘z ichiga uchta bosqichni oladi: Oy atrofini aylanib chiqish, Oyga qo‘nish va uning sathidan Yerga namunalar olib kelish. Dastlabki ikki bosqich xitoylik muhandislar va raketachilari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Xitoy 2019 yilda ushbu dasturning navbatdagi bosqichi — tarixda ilk bor Oyning orqa tarafiga qo‘nishni amalga oshirishni boshladi. Buning uchun 2018 yilning may oyida noyob «Chan’e-4» qo‘nish moslamasi Oyga qo‘ndirildi. «Yuytu-2» lunoxodi to‘rt oy davomida Yer yo‘ldoshida ish olib borib, hozir ham buni davom ettirmoqda.

Hozirda «Chan’e-4» tadqiqot guruhi ommaga «Yuytu-2» to‘plagan dastlabki ilmiy ma’lumotlar taqdim etdi. Missiya rahbari Chunlay Li va uning hamkasblarining ta’kidlashicha, Oy yuzasi qanday jinslardan tarkib topgani va uning turli qismlarida qanchalik farq qilishi olimlarni allaqachon qiziqtirib qo‘ygan.

Gap shundaki, olimlar hozirda Yer va Oyning ichki tuzilishi har xil ssenariyga ko‘ra turlicha shakllangan, degan fikrda. Yerdan farqli ravishda Oyda tektonik jarayonlar bo‘lmagan. Yer qa’ri u paydo bo‘lganidan so‘ng bir necha o‘n millionlab yil o‘tganidan keyin nisbatan tez sovugan.

Xitoyliklar o‘tkazayotgan tadqiqotlar bu borada qiziqtirayotgan barcha savollarga javob topishga qaratilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar