“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 16:09
ЎЗO‘Z

Sukerberg Facebook, WhatsApp va Instagram’ni bo‘lib yuborish haqidagi taklifga javob berdi

13 мая, 07:10 2 786 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sukerberg Facebook, WhatsApp va Instagram’ni bo‘lib yuborish haqidagi taklifga javob berdi Facebook rahbari Mark Sukerberg kompaniya asoschilaridan biri Kris Xyuzning AQSh hukumatini Facebook “monopoliyasi”ga chek qo‘yish va Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Instagram va WhatsApp messenjeri boshqaruvini bo‘lib yuborish chaqirig‘iga izoh berdi.

“U taklif qilayotgan narsa bu muammolarni hal qila olmaydi”, deb aytgan Sukerberg. “Agar siz haqiqatan demokratiya va saylovlar haqida qayg‘urayotgan bo‘lsangiz, unda biz kabi kompaniyalar har yili saylovlarga aralashuvdan himoya vositalarini yaratishga milliardlab dollarlar ajratishlarini istaysiz”, deb qo‘shimcha qilgan Facebook rahbari.

Uning aytishicha, Facebook katta kompaniya ekanidan jamiyat uchun naflar bor. Misol uchun, kompaniyaning 2019 yilda xavfsizlikka ajratadigan byudjeti bir necha yil avval birjaga chiqqanidan keyin olgan daromadidan ko‘proqni tashkil qiladi. Sukerbergning ta’kidlashicha, bu kompaniya muvaffaqiyatli biznes olib borayotgani sababli mumkin bo‘lgan.

Avvalroq Facebook’ni 2007 yilda tark etgan Xyuz The New York Times nashriga maqola yozib, unda Sukerberg hukumat yoki xususiy sektordagi har qanday odamdan ko‘proq hokimiyatga egaligini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, Sukerbergga Facebook’ning ovoz berish huquqi bilan ta’minlangan 60 foiz aksiyasi tegishli, bu esa unga yangiliklarni berish, maxfiylik sozlanmalari va boshqa ko‘plab narsalarni tartibga soluvchi algoritmlarni o‘zgartirish bo‘yicha yakka holda qaror qabul qilish imkonini beradi. Xyuzning fikricha, Facebook, Instagram va WhatsApp alohida kompaniyalar bo‘lishi lozim, AQShga esa axborot texnologiyalari tarmog‘ini nazorat qiluvchi organ lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 202
  • So'nggi yangiliklar
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 0
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 9
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 61
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 15
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 36
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 65
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 202
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 44
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 290
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 308
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 198
  • Bo‘limlar