“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 09:59
ЎЗO‘Z

Bollivudning 2018 yilgi eng go‘zal aktrisalari (foto)

12 мая, 19:55 25 441 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bollivudning 2018 yilgi eng go‘zal aktrisalari (foto) Hindiston kinemotografiyasi yildan yilga mashhur bo‘lib bormoqda. Bollivudda har yili minglab film va seriallar suratga olinadi, muvaffaqiyat qozonganlari esa jahon e’tiboriga havola etiladi.

Hind aktrisalari esa shuhrat yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. Quyida 2018 yilda Bollivudning eng go‘zal aktrisalari deb topilgan ayollar surati taqdim etiladi.

Alia Bxatt

Foto: «Zee TV»
Alia Bxatt endigina 25 yoshga to‘lgan bo‘lishiga qaramay, butun mamlakatda mashhur. Alia Hindistondagi eng mashhur rejissyor Makesh Bxattning qizi.
Hozirga qadar 22 ta film va seriallarda suratga tushgan. Ularning orasida «Yil talabasi» va «Qadrli Zindagi» filmlari alohida ahamiyatga ega.

Asin Tottumkal

Foto: «Zee TV»
Asin Tottumkal bugungi kunda rejissyorlarning sevimli aktrisasi hisoblanadi. U 2001 yildan beri yiliga bor yo‘g‘i 1 tadan filmda suratga tushar edi. Eng mashhur filmlari: «Egizaklar» va «Gajini».

Asin turmush qurgan. Hozir 33 yoshda.

Priyanka Chopra

Foto: «Zee TV»
Priyanka Chopra Hindiston va jahoning haqiqiy yulduzi. Priyanka ko‘p hollarda nafaqat Hindistondagi, balki butun dunyodagi eng yaxshi aktrisa deb e’tirof etiladi.
U «Dunyo go‘zali 2000» unvoniga sazovor bo‘lgan.

Hozirga qadar nafaqat Bollivudda, balki Gollivudda ham 115 ta film va seriallarda suratga tushgan. Eng mashhur filmlari: «Kuantiko bazasi» va «Barfi!».
O‘zidan 10 yosh kichik bo‘lgan amerikalik aktyor va qo‘shiqchi Nik Jonsga turmushga chiqqan. Priyanka Chopra hozir 36 yoshda.

Anushka Sharma

Foto: «Zee TV»
Anushka Sharma — hind kinosidagi yosh yulduzi, jahonga mashhur brendlarning modeli hisoblanadi.
Shu kunga qadar u 24 ta film va seriallarda suratga tushgan. Eng taniqli kartinalari: «Tangri yaratgan juftlik», «Toki hayot ekanman». Anushka Sharma turmushga chiqqan. 30 yoshda.

Sonam Kapur

Foto: «Zee TV»
Bollivudning mashhur aktrisasi va professional raqqosasi Sonam Kapur Hindistonning mashhur aktyorlar sulolasidan (uning otasi «Harobadan chiqqan millioner» filmida boshlovchi rolini ijro etgan).

Eng yaxshi filmlari: «Fasllar», «Sevgi qissalarini yomon ko‘raman».
Sonamga, Gollivuddagi Jey Lo kabi, hindlar kiyinish uslubining ilohasi sifatida qaraydi. Oilali. 33 yosh.

Dipika Padukon

Foto: «Zee TV»
Dipika Padukoni jahon brendi Maybelline’ning yuzi hisoblanadi. Omadi chopgan model va aktrisa.

Ekrandagi ilk rollaridan birini «Om Shanti Om» filmida ijro etgan. U aktrisaga katta muvaffaqiyat olib kelgan. Dipika «Eng yaxshi debyut» va «Eng yaxshi ayol roli» mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Eng mashhur filmlari: «Ehtiyot bo‘ling, go‘zallar» va «Ram va Lila». Oilali. 32 yosh.

Ayshvariya Ray

Foto: «Zee TV»
Nafaqat Hindiston, balki dunyo go‘zallarining ro‘yxatini Ayshvariya Raysiz tasavvur qilish qiyin. 1994 yil «Dunyo go‘zali» unvonini olgan. Ko‘plab mashhur brendlarining yuzi hisoblanadi.

Ayshvariya nafaqat tashqi chiroyi bilan tanilgan, balki buyuk Amitabx Bachchannig o‘g‘li, mashhur hind aktyori Abxishek Bachchanga turmushga chiqqan.
Ayshvariya — hind kinemotografiyasining yuzi hisoblanadi. Hozirda u 45 yosh.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 0
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 398
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Bo‘limlar