“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:49
ЎЗO‘Z

Alisher Usmonov Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy oldi

12 мая, 10:10 3 673 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Usmonov Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy oldi The Sunday Times nashri talqiniga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatiga uch rossiyalik – USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov, Millhouse’ning asosiy egasi Roman Abramovich va “Alfa-Bank”ning eng yirik aksiyadori Mixail Fridman kiritildi. Ular ro‘yxatda yuqori o‘ntalikning so‘nggi o‘rinlarini egallashgan.

Usmonovning boyligi 11,33 mlrd funt sterlingga (14,72 mlrd dollar) baholangan, tadbirkorning davlati bir yil ichida 783 mln funt sterlingga (1,017 mlrd dollar) ko‘paygan. Avvalgi yilgi reytingdagi kabi Usmonov ro‘yxatning 8-o‘rnidan joy olgan. 2018 yil yozida Usmonov “Arsenal” futbol klubining o‘ziga tegishli 30 foiz aksiyasini amerikalik tadbirkor Sten Kronkega 550 mln funt sterlingga (714 mln dollar) sotib yuborgan va bu bitimdan 300 mln funt sterling (390 mln dollar) ishlab olgan.

Abramovich reytingdagi pozitsiyasini yaxshilab olib, 13-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Uning boyligi 11,22 mlrd funt sterlingga (14,58 mlrd dollarga) baholangan.

Ro‘yxatning 10-o‘rnidan joy olgan Mixail Fridmanning boyligi 10,9 mlrd funt sterlingga (14,17 mlrd dollar) baholangan.

Ro‘yxatning yetakchisi o‘zgargan. Avvalgi reytingda 1-o‘rinni egallagan ser Jim Retkliff 18,66 mlrd funt sterling (24,25 mlrd dollar) bilan 3-o‘ringa tushib ketgan. 1-o‘rinni esa aka-uka Shri va Gopi Xinduja egallagan. Ular Hindija Group sanoat guruhiga egalik qilishadi.

2-o‘rinni yana bir aka-uka Devid va Saymon Ruben (18,66 mlrd funt sterling), 4-o‘rinni Len Blavatnik (14,37 mlrd funt sterling), 5-o‘rinni ser Jeyms Dayson va oilasi (12,6 mlrd funt sterling), 6-o‘rinni opa-uka Kirsten va Yorn Rausing (12,25 mlrd funt sterling), 7-o‘rinni esa er-xotin Sharlen de Karvalo-Xeyneken va Mishel de Karvalo (12 mlrd funt sterling) egallagan.

Aprelda Usmonov, Abramovich va Fridman Forbes nashri talqiniga ko‘ra eng boy rossiyaliklar ro‘yxatiga kiritilgandi. Biroq ular ushbu ro‘yxatda boshqacha tartibda keltirilishgan: Fridman 15 mlrd dollar bilan 7-o‘rinni, Usmonov 12,6 mlrd dollar bilan 9-o‘rinni va Abramovich 12,4 mlrd dollar bilan 10-o‘rinni egallagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 1
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 1
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 1
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 5
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 15
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar