“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:41
ЎЗO‘Z

Tramp 10 yilda milliard dollardan ortiq pul yo‘qotib, 8 yil soliq to‘lamagani ma’lum bo‘ldi

08 мая, 22:00 3 378 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp 10 yilda milliard dollardan ortiq pul yo‘qotib, 8 yil soliq to‘lamagani ma’lum bo‘ldi Foto: Global Look
Amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampning biznesi 1985—1994 yillarni o‘z ichiga olgan o‘n yillikning o‘zida 1,17 milliard dollar yo‘qotgan. Bu haqda soliq deklaratsiyasidan olingan ko‘chirmalarga asoslanib, The New York Times ma’lum qildi.

Meduza’ning yozishicha, Tramp Soliq boshqarmasiga 1985 yilda topshirgan deklaratsiyasida uning kazino, mehmonxonalar, ko‘chmas mulk ijarasini o‘z ichiga olgan asosiy biznesi 46,1 million dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan.

Keyingi yillarda Tramp biznesi yanada ko‘proq zarar ko‘rishni boshlagan. Xususan, 1990—1991 yillarda Tramp zarar miqdori bir yil ichida 250 milliondan oshib ketganini ma’lum qilgan. Bunga bitimlarning muvaffaqiyatsiz bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan zararlar Trampga 10 yillikning 8 yilida daromad solig‘ini to‘lamaslik imkonini bergan.

Trampning advokati The New York Times’ga bergan intervyusida soliq axborotida berilgan ma’lumotlar yolg‘on va noaniq ekanligini aytgan.

The New York Times gazetasining 2016 yil oktyabrda chiqqan sonlaridan birida yozilishicha, Donald Tramp 1995 yilgi soliq deklaratsiyasida 916 million dollar zarar ko‘rganligini qayd etgan. Bu Trampga 18 yil davomida foydaga solinadigan federal soliqni to‘lamaslik huquqini bergan. U bu huquqdan foydalanganmi yoki yo‘q — noma’lum.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi 28 apr, 23:16 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar