“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:50
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston prezidenti qozoq tilini bilishga imtihon topshirdi (video)

23 apr, 21:23 3 635 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston prezidenti qozoq tilini bilishga imtihon topshirdi (video) Qozog‘iston prezidenti, hukmron “Nur Otan” partiyasidan markaziy saylov komissiyasiga prezident saylovlari uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza bergan Qosim-Jomart Toqayev davlat tili, ya’ni qozoq tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirdi.

“Biz, ehtimol, eng asosiy da’vogar – amaldagi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevdan imtihon qabul qildik. U davlat tilini mukammal biladi”, deb xabar qilgan lingvistik komissiya raisi Mirzatoy Joldasbekov.

Davlat tilini erkin bilish Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qayd qilinish uchun majburiy hisoblanadi.

Shuningdek, Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, nomzod Qozog‘istonda tug‘ilgan, oxirgi 15 yil mamlakatda yashagan, oliy ma’lumotli va 40 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak. U, shuningdek, kamida 5 yil davlat ishi yoki davlat lavozimlarida ishlagan bo‘lishi lozim.

Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni prezident vakolatlarini topshirdi. Uning o‘rnini bungacha parlament senati raisi bo‘lgan Toqayev egalladi. 23 aprelda “Nur Otan” partiyasi qurultoyida Nazarboyev 9 iyunda o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlarida ishtirok etish uchun Toqayev nomzodini ilgari surdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 0
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar