“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:55
ЎЗO‘Z

«Qariyotgan sayyora». Jahonda keksalar soni bolalar sonidan oshdi

21 apr, 18:10 3 533 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qariyotgan sayyora». Jahonda keksalar soni bolalar sonidan oshdi Foto: «RIA Novosti»
Insoniyat tarixida ilk marotaba keksa insonlar soni besh yoshgacha bolalar sonidan oshib ketdi. Va bu tafovut oshib boryapti: 2050 yilga borib besh yoshgacha bo‘lgan har bir bolaga ikkitadan ko‘prok keksa inson to‘g‘ri keladi. BMTning ushbu ma’lumotlarini «BBC» o‘z saytida taqdim etdi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning oxiriga kelib, sayyoramizda yoshi 65 dan oshgan insonlar soni 705 million nafarni, besh yoshgacha bolalar soni 680 million nafarni tashkil etgan.

Demograflarning ta’kidlashlaricha, eng ko‘p keksalar rivojlangan mamlakatlarda yashaydi. Yana bir qonuniyat — eng kam tug‘ilish ham shu mamlakatlarda.

— Bolalar sonining juda ozligi va aksincha, 65 yoshdan oshganlarning juda ko‘pligi jahon hamjamiyatini muvozanatda saqlab turishni o‘ta murakkablashtiradi, — dedi Vashington universiteti qoshidagi Sog‘liqni saqlash holatini baholash instituti direktori, ushbu doklad muallifi Kristofer Marrey.

Olimning aytishicha, ushbu holat nafaqat iqtisodiyot, balki mamlakatlarning kelajagini ham savol ostiga qo‘yadi. Agarda bu tendensiya saqlanib qolsa juda ko‘p sonli keksalarni boqishga oz sonli yangi avlodning qurbi yetmay qolishi mumkin.

So‘nggi yarim asrda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi sezilarli ravishda (52 yoshdan 72 yoshgacha) o‘sdi. Ya’ni pensiya va sog‘liqni saqlash tizimga yuklanish proporsional o‘sish bilan birga, aholining talabini qondirish uchun mamlakatlarga tobora ko‘proq yangi resurslar kerak bo‘lmoqda.

BMT tadqiqotiga ko‘ra, eng ko‘p keksalar Yaponiyada yashaydi — aholisining 27 foizi. Ikkinchi o‘rinda Italiya — aholisining 23 foizi keksalar. Uchinchi o‘rinda Yevropa ittifoqi — 19,7 foiz. Keyingi o‘rinlarda AQSh (15,4 foiz),Rossiya (14,1 foiz), Xitoy, Braziliya, Turkiya, Hindiston, Eron.

Ma’ruzaga Jahon banki ma’lumotlari ham ilova qilingan: unga ko‘ra, 1960 yilda tug‘ilish ko‘rsatkichi har bir ayol uchun qariyb besh bolani tashkil etgan, ayni paytda esa bu ko‘rsatkich 2,4 nafarga tushib ketgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar