“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:48
ЎЗO‘Z

AQSh viza tartibini buzayotgan davlatlarni jazolamoqchi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

21 apr, 15:30 3 795 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh viza tartibini buzayotgan davlatlarni jazolamoqchi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor Oq Uyda AQShda viza muddati o‘tib ketgandan keyin ham fuqarolari noqonuniy ravishda qolayotgan davlatlarga nisbatan viza siyosatini kuchaytirish masalasini muhokama qilinmoqda. Bu haqda Forum Daily'ga tayanib "Daryo" nashri xabar berdi.

The Wall Street Journal gazetasi fuqarolari AQShga biznes va sayyohlik vizasini (B1/B2 toifali) olib, muddatidan ortiq qolib ketayotgan davlatlarga cheklovlar qo‘yish mumkin bo‘lgan material e’lon qilgan.

Ushbu davlatlar uchun ular AQShda fuqarolarining qolish muddatini qisqartirish va AQSh vizalarini olish jarayonini murakkablashtirish, shuningdek, to‘lovlarning narxini oshirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Politico nashrining yozishicha, yangi qonunlar prezident farmoni bilan joriy qilinishi mumkin.

AQSh Ichki xavfsizlik departamentining 2017 yilgi statistikasiga ko‘ra, AQShda qolish shartlarining 0,35 foizi AQShga vizasiz kelish tizimiga ega davlat fuqarolari tomonidan buzilgan.

AQShga kirish uchun viza talab qilinadigan davlatlarda esa bu ko‘rsatkich 1,86 foizni tashkil etgan.
Almashinuv dasturi bo‘yicha kelgan talabalar va xorijliklar uchun bu ko‘rsatkich 3,73 foiz.

2017 yilgi AQShda viza tartibini buzgan MDH davlarining foizdagi ko‘rsatkichi:
1,72% — Rossiya,
4,01% — Belarus,
2,4% — Ukraina,
2,92% — Moldova,
7,62% — Ozarbayjon,
4,6% — Armaniston,
10,72% — Gruziya,
3,27% — Qozog‘iston,
3,20% — Qirg‘iziston,
9,10% — Turkmaniston,
6,68% — O‘zbekiston.
AQShda viza tartibini buzayotgan eng ko‘p xorijliklar Afrika va Yaqin Sharq fuqarolari hisoblanadi. Xususan, Jibuti uchun bu ko‘rsatkich 44 foizni, Yaman uchun 28 foizni hamda Suriya uchun 17 foizni tashkil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar