“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:19
ЎЗO‘Z

Poroshenko va Zelenskiy Ukraina xalqi oldida tiz cho‘kdi (video)

20 apr, 09:09 3 311 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Poroshenko va Zelenskiy Ukraina xalqi oldida tiz cho‘kdi (video) Ukraina poytaxti Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadionida Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar Pyotr Poroshenko va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida debatlar bo‘lib o‘tdi. Debatlarni tribunalardan 22 ming kishi kuzatgan.

Siyosatchilar debatlar davomida Donbassdagi qurolli ixtilof haqida gapirar ekanlar, sahnada tiz cho‘kdilar.

Zelenskiy Maydan vaqtida urush tugashi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin oldida tiz cho‘kishga tayyor bo‘lganini eslab o‘tgan. “Men o‘z o‘g‘lini yo‘qotgan har bir ona, o‘z erini yo‘qotgan har bir ayol oldida tiz cho‘kishga tayyorman. Men bunga tayyorman va hozir buni qilaman. Siz ham buni qiling”, deb aytgan Zelenskiy Poroshenkoga yuzlanib.

Shundan keyin Zelenskiy tiz cho‘kkan. Poroshenko ham uning ortidan buni qaytargan, biroq buni tomoshabinlarga orqasini o‘girgan va uni sahnada qo‘llab-quvvatlayotgan Donbassdagi jangchilarga yuzlanib bajargan. “Ko‘rdingizmi, qanchalik oson”, deb kinoya qilib qo‘ygan Zelenskiy. U, shuningdek, Donbassdagi urushni to‘xtatish uchun barcha ishni qilishini aytgan.

Poroshenko raqibining “Mamlakatni 5 yil shunday boshqarganingiz uchun uyalmaysizmi?” degan savoliga “Javob – yo‘q, Men Ukraina va 5 yil bilan faxrlanaman”, deb javob qilgan.

Amaldagi prezident Ukraina xalqining har qanday tanlovini qabul qilishini aytgan.

“Qadrli ukrain xalqi, shuni ta’kidlay olamanki, men ukrain xalqining 21 apreldagi har qanday tanlovini qabul qilaman va 22 aprelda hayot davom etaveradi hamda 22 aprelda davlatni himoya qilish uchun birlashishimiz lozim. Asosiysi – davlatni yo‘qotmaslik”, deb aytgan Poroshenko.

Ukrainada prezident saylovlarining 2-bosqichi 21 aprelda bo‘lib o‘tadi. 18 aprelda e’lon qilingan oxirgi reytinglarga ko‘ra, kimga ovoz berishni o‘zi uchun hal qilgan saylovchilarning 70 foizi Zelenskiyga, 27 foizi Poroshenkoga ovoz berishga tayyor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 68
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 296
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 327
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar