“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:52
ЎЗO‘Z

Facebook aksiyadorlari Sukerbergning iste’fosini talab qilishmoqda

14 apr, 14:05 3 094 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Facebook aksiyadorlari Sukerbergning iste’fosini talab qilishmoqda Facebook kompaniyasi aksiyadorlari uning asoschisi Mark Sukerbergni boshqaruv raisi lavozimidan chetlatishni talab qilishmoqda. Tegishli ariza kompaniya aksiyadorlarining har yillik an’anaviy yig‘ilishi oldidan AQShning qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi saytida e’lon qilingan.

Yig‘ilish 30 mayda o‘tishi kerak. Sukerbergni chetlatish tashabbusi mualliflarining aytishicha, kompaniya rahbariyati va boshqaruvining qarorlari sababli kompaniya qiymati 2018 yil iyuldan boshlab 40 foizga qadrsizlanib ketgan. Bundan tashqari, ular ba’zi aksiyadorlarga kam ovoz berilishidan shikoyat qilishgan.

Sukerbergning o‘rniga mustaqil raisni tayinlash taklif qilinmoqda. Xuddi shunday tashabbus 2018 yil yozida ham bildirilgan.

Sukerbergga kompaniya aksiyalarining 13 foizi tegishli, biroq uning barcha ovozlari ulushi 51 foizni tashkil qiladi. Bu esa unga Facebook siyosatini deyarli yakka o‘zi nazorat qilishiga imkon beradi. Tashabbus kompaniya qiymati pasayishiga olib kelgan ayblovlar, jumladan ijtimoiy tarmoqlar negizida yolg‘on axborot tarqatilishi va saylovlarga aralashuvlar bilan bog‘langan.

2018 yil boshida Facebook tarixida foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarning eng yirik sizib chiqishi haqida ma’lum bo‘lgan. Cambridge Analytica kompaniyasi noqonuniy ravishda ijtimoiy tarmoqning 87 mln foydalanuvchisi haqida ma’lumotlarni to‘plab, ularni uchinchi shaxslar, jumladan AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi shtabiga bergan. Tramp shtabi esa bu ma’lumotlardan siyosiy reklamada foydalangan.

2018 yil apreli va mayida Sukerberg AQSh kongressi va Yevroparlamentda xatoni tan olib, ma’lumotlar chiqib ketgani uchun uzr so‘ragan.

2018 yil sentyabrda esa ijtimoiy tarmoq xakerlar hujumiga uchragan. Facebook’ning baholashicha, buning oqibatida 29 mlnga yaqin foydalanuvchi jabr ko‘rgan. Kiberjinoyatchilar hujum vaqtida ijtimoiy tarmoqning xavfsizlik tizimidagi zaif nuqtadan foydalanishgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 1
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 183
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 215
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar