“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:01
ЎЗO‘Z

Dariga Nazarboyeva prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

11 apr, 00:03 3 322 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dariga Nazarboyeva prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi Qozog‘iston Parlamenti Senatining spikeri, mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dariga Nazarboyeva prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymasligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar qildi.

“Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq mamlakatning istalgan fuqarosi o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin. Siyosiy partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi”, - deya ma’lum qilgan Dariga Nazarboyeva.

Xabarda qayd etilishicha, Dariga Nazarboyeva saylovlar natijasi Qozog‘iston xalqiga bog‘liq bo‘lib, hammasi qonun doirasida bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. Biroq, Nazarboyeva partiya unga saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish bo‘yicha taklif bilan chiqsa, uni qabul qilishi yoki rad etishi masalasiga oydinlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVlarda Nazarboyevaning yordamchisi Saule Mustafayeva Dariga Nazarboyeva Qozog‘iston prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozog‘istonliklarga murojaat qilib, joriy yilning 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgani ma’lum qilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar