“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:35
ЎЗO‘Z

Turkmanistonda yangi yildan benzin narxi 60 foizga qimmatlashdi

01 yanv, 14:32 12 876 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmanistonda yangi yildan benzin narxi 60 foizga qimmatlashdi Turkmanistonda 2015 yilning 1 yanvaridan benzin narxi 60 foizga qimmatlashib ketdi. Bungacha Ai-95 benzinning bir litri 62 tanga (22 sent) edi, endilikda bu narx 1 manatga o‘zgardi, Ai-92 benzini esa 94 tangadan sotiladi. Bu haqida “ria.ru”ga asoslanib “kun.uz” xabar bermoqda .

Turkmaniston ko‘p yillar davomida dunyodagi eng arzon benzin sotiladigan davlat bo‘lib kelgan. Turkmanistonning sobiq prezidenti Saparmurod Niyozov davlatni boshqargan davrda 1 litr benzin narxi eski pul birligi bo‘yicha 400 manat (2 sent) turgan (o‘sha davrda 1 dollar kursi 24 ming manat bo‘lgan). Bir dollarga «Jiguli» mashinasining 40 litrlik benzin bakini to‘liq to‘ldirib, yana qaytimiga 8 ming manat olish mumkin edi.

Turkmanboshining o‘limidan so‘ng, 2007 yildan beri Turkmanistonga prezidentlik qilayotgan Qurbono‘g‘li Burdimuhammedov 2008 yilda mamlakatda turkmanistonlik haydovchilarga tekin benzin limitini kiritdi.

Bunga ko‘ra, har bir avtomobil haydovchisi davlat tomonidan oyiga 120 litr tekin benzin bilan ta’minlangan. Mamlakat rahbari qarori bilan 2014 yilning iyul oyidan Turkmanistonda haydovchilarga tekin benzin berilish davri o‘z nihoyasiga etdi.

Qayd etish kerakki, Turkmanistonda benzin narxi 60 foiz qimmatlashgandan keyin ham bu davlat MDH bo‘yicha eng arzon narxdagi benzin sotiladigan davlat bo‘lib qolmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 14
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 6
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 5
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 9
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 85
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 54
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 40
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 42
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 24
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 310
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 86
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 104
  • Bo‘limlar