“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:28
ЎЗO‘Z

Darig‘a Nazarboyeva saylovlarda ishtirok etmasligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi

09 apr, 17:14 3 245 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Darig‘a Nazarboyeva saylovlarda ishtirok etmasligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymasligi haqida OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotga izoh berdi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

OAVda uning yordamchisi Saula Mustafoyeva tomonidan berilgan xabar tarqaldi. Unda parlament senati spikeri Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Respublikasi prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayotgani haqida aytiladi.

- Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq mamlakatning istalgan fuqarosi o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin. Siyosiy partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar bo‘yicha qaror qabul qiladi, - deya izoh bergan Darig‘a Nazarboyeva tarqalgan ma’lumotga.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, saylovlar natijasi Qozog‘iston xalqiga bog‘liq bo‘lib, hammasi qonun doirasida bo‘lishi kerak.

Biroq, Darig‘a Nazarboyeva partiya unga saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish bo‘yicha taklif bilan chiqsa, uni qabul qilishi yoki rad etishi masalasiga oydinlik kiritmadi.

Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste’foga chiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bo‘lgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbariga aylandi. Prezidentning vakolat muddati 2020 yil o‘z yakuniga yetadi. Seshanba kuni To‘qayev respublika prezidenti lavozimi uchun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 170
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 210
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar