“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

Haftar armiyasi Tripolini uch tomondan o‘rab oldi (foto)

07 apr, 11:30 3 355 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haftar armiyasi Tripolini uch tomondan o‘rab oldi (foto) Foto: AFP 2019 / LNA War Information Division
Liviya poytaxti Tripoli uchun Liviya milliya armiyasi qo‘mondoni feldmarshal Xalifa Haftar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi harbiy harakatlar yangi bosqichga o‘tdi.

Haftarning qo‘shinlari shaharga uch yo‘nalish bo‘yicha hujum qilmoqda: janglar poytaxtdan sharqdagi Tajur munitsipaliteti, g‘arbdagi Janzur tumani va janubdagi Bin-G‘ashir shahri hududida, qaysiki Tripoli xalqaro aeroporti joylashgan hududda kechmoqda deb xabar qiladi Kun.uz nashri.

Bu xalqaro aeroport poytaxt Tripolidan 34 km uzoqlikda joylashgan. U 2014 yildan beri faoliyat yuritmaydi. O‘shanda janglar oqibatida aeroport binosi qisman yonib ketgan, uchish-qo‘nish yo‘lagiga snaryadlardan zarar yetgan va ayni vaqtda strategik muhim ahamiyatga ega emas. Hozirda barcha aviareyslar Tripolidan 10 km sharqdagi Mitiga harbiy aerodromi orqali amalga oshiriladi. Haftar qo‘shinlarining o‘ng qanoti aynan shu hududga yo‘naltirilgan.

Haftar birinchi navbatda qo‘lga kiritishni maqsad qilgan muhim ob’ektlar qatorida milliy bank hamda davlat telemarkazi ham bor.

Guvohlarning xabar berishicha, Haftar armiyasi harbiylari shahar markaziga taxminan 15 kilometr masofagacha yaqinlashib kelishgan.
Tripoli mudofaasi uchun hukumat harbiylari va hukumatparast ko‘ngillilar va qabilalar oyoqqa turg‘azilgan.

Shu bilan birgalikda, avval hukumatga sodiqligini bildirib kelgan Liviyadagi yirik radikal jangarilar guruhi - «Maxsus qudratli kuchlar» (RADA Special Deterrence Forces) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Haftar tomoniga o‘tganini e’lon qildi. Bi-bi-si ma’lumotiga ko‘ra, agar bu ma’lumot tasdiqlanadigan bo‘lsa, bu Tripolidagi milliy birlik hukumati rahbari, bosh vazir Fayoz as Saraj uchun jiddiy zarba bo‘ladi.

AFP agentligi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt aholisi oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg‘i g‘amlashga kirishgan.
Fayoz as Saraj o‘z telemurojaatida general Haftarni xiyonatda va davlat to‘ntarishida ayblagan.

U o‘z hukumati shu vaqtga qadar faqat «qo‘lini tinchlik maqsadida ishlatgan», endi esa uning so‘zlariga ko‘ra, Haftar faqat «kuchli va mustahkam qo‘llar»ga duch keladi.

Shanba kuni Liviya harbiy-havo kuchlari samolyotlari poytaxtdan 50 km masofada to‘xtab turgan Haftar armiyasi pozitsiyalariga aviazarbalar yo‘lladi. Bu bombalash natijalari ma’lum emas, ammo Liviya milliy armiyasi vakili Haftar bu hujum uchun qasos olishini bildirdi.

Kuchlar muvozanati noaniqligi

Haftar ixtiyorida yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan muntazam armiya mavjud
Foto: AFP

«Katta yettilik» davlatlari shanba kuni Liviyada harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilishdi - bu talab birinchi navbatda Haftarga qaratilgan.

BMT Xavfsizlik kengashi ham vaziyatni og‘irlashtirmaslikka chaqirdi.
Rasmiy Moskva «faqat bir tomonni aybdor sifatida ko‘rsatmasligi»ni bildirib, liviyaliklar «o‘z taqdirini o‘zi belgilashi kerakligi»ni qo‘shimcha qildi.

«Liviya inqirozi NATO kuchlari bu mamlakatda 2011 yilda amalga oshirgan ishlar oqibatidir. Aynan o‘shandan buyon Liviya parchalangan davlatga aylandi, kelinglar, barchasini o‘z nomi bilan ataylik, janubda terrorchilar uchun yo‘laklar, shimolda noqonuniy migratsiya uchun teshiklar», dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shanba kuni Misrdagi chiqishi vaqtida.

Uning misrlik hamkasbi Samih Shukri esa Liviyadagi muammolarni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Rossiya ham, Misr ham Xalifa Haftarni qo‘llaydigan davlatlar hisoblanishadi.

Shanba kuni BMTning Liviyadagi maxsus vakili Hasan Salame Liviyada 14-16 aprel kunlari o‘tkazilishi belgilangan xalqaro konferensiya «agar vaziyatga noaniq kuchlar aralashmasa» o‘z muddatida o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Haftar Tripoli qamali vaqtida elchixonalar va xorijliklar xavfsizligi ta’minlanishiga va’da bergan
Foto: AFP

2011 yilda Liviyaning uzoq yillik diktatori Muammar Qazzofiy hukumat tepasidan ag‘darilib, qatl qilinganidan buyon va siyosiy beqarorlik va qo‘shhokimlik yuzaga kelgan. Mamlakat g‘arbida, Tripoli atrofida milliy kelishuv hukumati joylashgan, bu hukumat BMT qo‘llab-quvvatlovi bilan tuzilib, xalqaro hamjamiyat tomonidan ma’qullangan. Sharqda esa parlament va feldmarshal Haftar armiyasi nazorat o‘rnatgan.

4 aprel kuni qo‘mondon Xalifa Haftar o‘z armiyasiga Tripoliga hujum qilishga buyruq berdi. Bu hujum BMT bosh kotibi Antonio Guterresh Liviya poytaxtiga kelgan vaqtda boshladi, bosh kotib Tripoliga siyosiy inqirozdan chiqish yo‘llarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurgan.

Liviya bosh vaziri Fayoz as Saraj hukumat kuchlari uchun ommaviy safarbarlik e’lon qildi, mamlakat poytaxtidagi barcha harbiylar to‘liq jangovar tayyor holatga keltirildi.

Foto: AFP
Haftar 5 aprel kuni Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi va o‘z qo‘shinlari «terrorizm ustidan to‘liq g‘alaba qozonmagunicha» harbiy amaliyotni to‘xtatmasligini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 1
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar