“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:54
ЎЗO‘Z

Nasroniy olim Nabiy alayhissalomni himoya qiladi

04 apr, 19:30 4 048 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nasroniy olim Nabiy alayhissalomni himoya qiladi Kufr olami, din dushmanlari Islomga qarshi jazavali xurujini hech qachon, hatto bir soat ham to‘xtatmagan. Islom tarixi davomida din dushmanlariga jo‘r bo‘lgan olimlar va adiblar Islomga, uning muqaddasotlariga qarshi kurash, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sha’nilarini bulg‘ash uchun ne-ne tuhmat-ig‘volarni o‘ylab topishmadi, deysiz. Ayniqsa keyingi besh yuz yil mobaynida bu kurash yanada shiddatli tus oldi. Birgina Ovrupada shu davrda Islom va uning muqaddasotlariga qarshi yozilgan 10 ming kitob bosilib chiqdi. Ovrupa kinorejissyorlari Islom, Qur’oni karim va Hazrati Muhammadni (sollallohu alayhi vasallam) yomonotliq qilish mavzuida 131 ta film ishlashdi.

Musulmonlar dinlarining butun insoniyatga yuborilgan so‘nggi haq dinligi, Payg‘ambarlarining Alloh taoloning suyumli elchisi ekanini bilganlari va bunga imon keltirishgani uchun g‘alamislar tuhmatiga javob berib ham yoki ular bilan tortishib ham o‘tirishmaydi. Shunday bo‘lsa-da adolat tarafida bo‘lgan Islomdan tashqaridagi ayrim xolis va insofli olimlar tuhmatchilarga asosli dalillar bilan javob qaytarishyapti.

Yaqinda shunday kitoblardan biri bilan tanishishga to‘g‘ri keldi. Misr pravoslav nasroniylar cherkovining rahbarlaridan biri, Misr Sho‘ro Kengashi (parlamenti)ning axborot, madaniyat va sayyohlik Qo‘mitasi raisi doktor Nabil Luqo Boboviy “Nasroniy Muhammadni (sollallohu alayhi vasallam) himoya qiladi” degan kattagina kitob yozdi. Kitob muqovasida “Uning nomiga qarab otilgan xanjarlarga javobimiz” degan tagsarlavha ham qo‘yilgan.

Muallif asar so‘zboshisida bunday yozadi: “Har qanday dinning tarafdorlari o‘z diniga qattiq e’tiqod qiladi, buni o‘zgartirish juda qiyin ish. Imon faqat Alloh beradigan narsa, hech bir odam boshqa dindagi kishini jazolashga haqli emas. Bunday huquqqa faqat Qiyomat kunining egasi Alloh haqlidir. Har bir samoviy din tarafdorlari o‘zga din muqaddasotlariga hurmat bilan, nafrat va mutaassibliksiz munosabatda bo‘lishlari lozim. Islomga, ayniqsa uning Payg‘ambari Muhammadga (sollallohu alayhi vasallam) qarshi shiddatli hujumlar munosabati bilan men, musulmon birodarlari ichida yashab turgan misrlik nasroniy sharqshunoslarning barcha yolg‘on da’volari va ayblovlariga javob qaytarishni o‘zimning ilmiy va milliy burchim, deb bildim. Bu yolg‘onlar Payg‘ambar nomiga otilgan zaharli xanjarlardir. Imkoni boricha bu tuhmatlarni aniqlab-to‘plab, ularga batafsil javob qaytardim. O‘zim musulmon emas, nasroniy bo‘lganimdan qat’i nazar, ilmiy tafakkur bilangina qurollanib, mutaassiblik va noxolis xulosalarni rad etdim”. Bu gaplarga qo‘shimcha qilish ortiqcha ish bo‘lsa kerak.

Muallif kitobida Islom g‘animlarining Payg‘ambarimizga, insonlarning eng komili bo‘lgan zotga qarshi bor tuhmat va ig‘volarni sochishgani va sochishayotganini ishonarli dalil va misollar bilan fosh etadi. U yozishicha, “dinshunos“lar Allohning elchisiga “qo‘rqoq, aqlsiz va jirttaki odam edi“, “o‘zi shoir bo‘lgan“, “Qur’oni karimni Alloh tushirmagan, balki o‘zi yozgan“, “shahvatparast bo‘lgani uchun ko‘p uylangan, hatto qulining xotinini ham tortib olgan“ kabi kurakda turmaydigan, hatto yosh bolaning ham ishonishi mahol “ayb”larni taqash bilan odamlarni aldamoqchi bo‘lishadi. Doktor Nabil Boboviy kitobida Payg‘ambarimiz sha’nilariga otilgan tuhmat o‘qlarining o‘ndan ziyodini keltirib, ularning g‘irt asossizligini, tuhmatdan boshqa narsa emasligini ilmiy dalillar bilan isbotlab beradi.
Ahmad MUHAMMAD

Manba: islom.uz
Muhammad, islom, Qur’on




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 0
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 1
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 6
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar