“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:01
ЎЗO‘Z

Trampning soʻzlaridan soʻng arablar shoshilinch yigʻilish oʻtkazmoqda

31 mar, 15:30 6 074 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Trampning soʻzlaridan soʻng arablar shoshilinch yigʻilish oʻtkazmoqda Amerika prezidenti Donald Tramp AQSH uchun Isroilning Joʻlan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olish vaqti kelganligini bildirgandi. Mintaqaviy ixtiloflar ichida qolgan arab davlatlari Trampning soʻzlaridan soʻng jipslashish harakatiga tushdi. Ular 1967 yili Isroil tomonidan egallab olingan Joʻlan tepaligi boʻyicha AQSH qaroriga qarshi turmoqda.

Jazoir va Sudandagi namoyishlar, Saudiya boshliq koalitsiya va Yaman ziddiyati, Fors koʻrfazidagi geosiyosiy kurash hamda Qatarning yakkalanib qolgani yetmaganday, arab davlatlari AQSH prezidentiga ham munosib javob qaytarishi lozim.

Dastlab, Al-Quds shahrini Isroil poytaxti deb tan olgan Donald Tramp oradan toʻrt oy oʻtmay Joʻlan tepaligi ustidan nazoratning ham qonuniyligini tan olish vaqti kelganidan soʻz ochdi.

Livan Tashqi ishlar vaziri Jibron Basilning aytishicha, arab davlatlari TIV rahbarlari AQSHning harakati BMT ustaviga nomuvofiq deb topgan. Shunga qaramay, Arab davlatlari ligasining 22 aʼzosi mintaqa hayotiga oid boshqa masalalarda kelisha olmasligi vaziyatni chigallashtiradi.

ADL yakshanba kuni shoshilinch yigʻilish chaqirgan boʻlib, unda Isroil tomonidan tortib olingan Joʻlan tepaligi ustidan nazoratning oʻrnatilishi muhokama etiladi.

2017 yildan buyon birinchi marta Qatar va Saudiya vakillari bir stol qarshisida umumiy masalani muhokama qilishi kutilmoqda. Ammo Jazoir va Sudan rahbarlari ichki siyosiy inqirozlar tufayli yigʻilishda ishtirok etishmaydi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar