Foto: Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga keldi deb maʼlum qiladi “Daryo” nashri.
“Manas” xalqaro aeroportida uni Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov kutib oldi.
Rasmiy uchrashuv “Ola-archa” davlat qarorgohida boʻlib oʻtadi. Davlat rahbarlari avval yuzma-yuz muloqotda boʻladi, shundan soʻng ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar oʻtkaziladi.
Shuningdek, Putin VIII Rossiya—Qirgʻiziston mintaqalararo anjumanida ishtirok etishi va Chingiz Aytmatovning uy-muzeyiga borishi koʻzda tutilgan.