“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:16
ЎЗO‘Z

Yangi zelandiyalik terrorchining homiylari maʼlum qilindi

27 mar, 17:06 3 799 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi zelandiyalik terrorchining homiylari maʼlum qilindi Yangi Zelandiyadagi masjidda 50 kishini oʻldirgan terrorchiga Avstriyaning “Avstriya identitar harakati” ultra-oʻng tashkiloti moliyaviy qoʻllab-quvvatlov taqdim etgan. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.

“Biz Avstriyadagi identitarchilar yangi zelandiyalik jinoyatchiga moliyaviy yordam koʻrsatgani, shuningdek, u bilan aloqada boʻlganini tasdiqlashimiz mumkin”, - deya maʼlum qildi u. Kursning qoʻshimcha qilishicha, Avstriyada ekstremizm uchun joy yoʻq va uning turli koʻrinishlariga toqat qilib boʻlmaydi.

Kansler tezkorlik bilan surishtiruv oʻtkazish, Avstriya hududida qandaydir harakatlar amalga oshirilganini aniqlash va aybdorlarni jazolash zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, Avstriya konstitutsiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash federal idorasi “Avstriya identitar harakati” rasmiy vakili Martin Zellnerning kvartirasida tintuv oʻtkazgandi. Bu yangi zelandiyalik terrorchi bilan aloqalar boʻyicha gumonlarga bogʻliq.

Kraystcherch shahridagi masjidga hujum 15 mart kuni yuz berdi, 50 kishi halok boʻldi, yana 40dan ortiq inson yaralandi. Bir necha gumonlanuvchi qoʻlga olindi, biroq ayblov roʻy berayotgan hodisani internetda translyatsiya qilgan va fojiadan bir kun avval “Buyuk oʻzgarish” deb nomlangan 37 sahifalik manifestni eʼlon qilgan avstraliyalik Brenton Tarrantga qoʻyildi. Keyinchalik, u hujumga Yevropadagi teraktlar ilhomlantirganini aytdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar