“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:46
ЎЗO‘Z

Qurol-yarogʻ eksporti boʻyicha jahondagi yetakchi davlat maʼlum qilindi

11 mar, 15:42 5 928 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qurol-yarogʻ eksporti boʻyicha jahondagi yetakchi davlat maʼlum qilindi Stokgolmdagi Tinchlik muammolari tadqiqoti instituti (SIPRI) jahondagi qurol-yarogʻ eksporti holati haqida yangi hisobot eʼlon qildi. Oʻtgan yilda boʻlgani kabi, qurollar eksporti boʻyicha eng yirik davlatlar orasiga AQSH, Rossiya, Fransiya, Germaniya va Xitoy kiritildi, ular 2014-2018 yillarda savdolarning 75 foizini taʼminlab bergan. Shu bilan birga, AQSH va Rossiyaning jami hajmi 57%ni tashkil etadi.

Ekspertlar fikriga koʻra, 2014-2018 yillarda anʼanaviy qurollar asosiy turlarining xalqaro yetkazib berish hajmi 2009-2013 yillarga nisbatan 7,8 foizga va 2004-2008 yillarga nisbatan 23 foizga oʻsgan. Taʼkidlanishicha, soʻnggi besh yil ichida Yaqin Sharqqa qurol yetkazib berish 2009-2013 yillarga nisbatan ortgan, boshqa mintaqalarga esa kamaygan, deya xabar beradi “Kun.uz”.

Hisobotga koʻra, qurollar bozorida AQSHning ulushi 6 foizga oshib, 36 foizni tashkil etdi. AQSH eksportining yarmidan koʻpi (52%) Yaqin Sharqqa toʻgʻri keladi.

“AQSH dunyoda qurol yetkazib berish boʻyicha oʻz yetakchi pozitsiyasini yanada mustahkamladi. Soʻnggi besh yil ichida AQSH kamida 98 mamlakatga qurol yetkazib bergan; bu hajmlar zamonaviy qurollar, masalan, jangovar samolyotlar, kichik masofadagi qanotli va ballistik raketalar hamda koʻplab boshqariladigan bombalarni oʻz ichiga olgan”, - degan SIPRIʻning qurol-yarogʻ va harbiy xarajatlar dasturi direktori Od Fleran.

Rossiyaning 2014-2018 yillarda bozordagi ulushi, aksincha, 2009-2013 yillarga nisbatan 17%ga kamaydi. Taʼkidlanishicha, bu qisman Hindiston va Venesuela tomonidan qurollar importi qisqarishi bilan bogʻliq. Soʻnggi besh yil ichida Rossiya 48 mamlakatga qurol-aslaha yetkazib berdi. Umumiy hajmining 55 foizi Hindiston, Xitoy va Jazoirga toʻgʻri keladi.

Fransiya va Germaniya 2014-2018 yillarda eksport hajmini 43 foizga va 13 foizga oshirgan. YEI davlatlari eksportining jami hajmi dunyodagi koʻrsatkichdan 27%ni tashkil etdi. Eng yirik eksportyorlar beshligiga yakun yasab bergan Xitoy savdolarni 2,7 foizga oshirdi. Soʻnggi besh yil ichida Isroil, Janubiy Koreya va Turkiyadan qurollar eksporti sezilarli darajada oʻsdi (60%, 94% va 170%).

Eng yirik import qiluvchilarga Saudiya Arabistoni (2009-2013 yillarga nisbatan +192%), Misr (+206%), Isroil (+354%), Qatar (+225%) va Iroq (+159%) aylandi. 2014-2018 yillarda Osiyo va Okeaniya mamlakatlari harbiy yuklar umumiy hajmining 40 foizini olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 0
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 0
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 7
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar