“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:48
ЎЗO‘Z

Aleksandr Lukashenko Rossiyaga murojaat qildi

06 mar, 06:02 4 872 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aleksandr Lukashenko Rossiyaga murojaat qildi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya bilan integratsiyaga yondashuvlarni qayta koʻrib chiqishga tayyorligi haqida maʼlum qildi. Bu haqda u Yevropa tashkilotlari bilan hamkorlik va integratsiya tuzilmalarida ishtirok etish masalalari boʻyicha yigʻilishda xabar berdi, deya maʼlumot tarqatdi BЕLTA.

“Belarus ittifoq qurish gʻoyasining mutlaq tarafdori boʻlib qoladi. Men buni Rossiya Federatsiyasidagi tarafdorlarimiz hamda raqiblarimiz eshitishini xohlayman”, - dedi Belarus yetakchisi.

Uning taʼkidlashicha, ittifoqning asosiy tamoyili - barcha fuqarolar uchun teng sharoitlar va suverenitet postulati (isbotsiz ham qabul qilinaveradigan dastlabki faraz - tah.).

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya rahbariyati bundan avval integratsiyaga yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqqan. “Biz bunga tayyormiz. Hukumatlar darajasida guruhlar tashkil etildi, bu ikkilik doirasida birlashuv jarayonlarini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash uchun qilindi”, - deya aniqlik kiritdi Lukashenko.

Uning qoʻshimcha qilishicha, birgalikdagi ishni tahlil qilish va “foydalanilmayotgan resurslar mavjud boʻlgan joylarni” aniqlash kerak. Shuningdek, Belarus prezidentining qayd etishicha, ikki tomonlama hamkorlikning eng dolzarb muammolari hozirgi vaqtda iqtisodiy sohadadir.

Moskva va Minsk oʻrtasida neft-gaz sohasidagi bahs oʻtgan yilning oxirida keskinlashdi, oʻshanda Lukashenko Rossiyada tayyorlanayotgan soliq manyovrini integratsiyani toʻxtatishga urinish deb atadi: u tufayli Rossiya nefti Belarusga Yevropa narxlarida yetkazib berilishi lozim.

Soʻnggi bir necha oy ichida Lukashenko bir necha bor respublikaning mustaqilligi va suvereniteti masalasi haqida gapirdi. Oʻtgan yil dekabrida u Belarus hech qachon Rossiya tarkibiga kirmasligi haqida maʼlum qildi. Kremldan taʼkidlashlaricha, masala bunday shaklda muhokama etilmagan.

Oʻshanda Belarus OAV davlat suverenitetini himoya qilish boʻyicha mamlakat isteblishmenti yopiq majlis oʻtkazganini xabar berdi. Davlat rahbarining matbuot kotibi bunday maʼlumotni rad etib, Belarusda mustaqillik masalasi “allaqachon hal etilgani”ni taʼkidladi.

2019 yil boshida u Belarusga Gʻarb va Sharqdan tahdid borligi haqida ogohlantirgandi. Uning soʻzlariga koʻra, respublika “ham chapda, ham oʻngda, ham Gʻarbdan, ham Sharqdan suverenitet va mustaqillik masalasi boʻyicha jiddiy ravishda tekshiriladi”. Shu bilan birga, Lukashenkoning qayd etishicha, agar hukumat samarali ishlasa, mamlakatni “oʻrnidan qoʻzgʻata olishmaydi”.

Bundan oldin, Lukashenko Putinning rejasi va prezidentlikdan “toʻygani” haqida gapirgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 184
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 232
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar