“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:21
ЎЗO‘Z

Xitoy “plazma quroli”ni sinovdan o‘tkazmoqda

01 mar, 12:30 4 301 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy “plazma quroli”ni sinovdan o‘tkazmoqda Xitoylik harbiylar magnitlangan plazmada ishlovchi artilleriya qurilmasi sinovini o‘tkazishmoqda. Qurol 6 Maxdan kattaroq tezlikda gipertez snaryadlar ota oladi. Bu esa tovush tezligidan 6 mata ko‘proq deganidir. Bu haqda Xitoy OAVsiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Bunday kuch va ta’sir doirasiga ega qurol, ehtimol, jang maydonida katta ustunlikka aylanadi. Xitoy Qurolli kuchlari akademiyasi mutaxassislari yangi avloddagi qurol uchun patent olishga 4 yil avval ariza berishgan.

Patentda ta’kidlanishicha, magnitlangan plazma nazariy jihatdan armiyaning artilleriya kuchini oshirishi mumkin. Texnik hujjatlarga ko‘ra, o‘q otilganda stvol ichidagi harorat va bosim miqdori gazning bir qismini ionizatsiya qilib, uni plazmaga aylantiradi va stvolning ichki yuzasi bo‘ylab himoyalovchi plazma qobig‘ini hosil qiladi.

Snaryadning otilgandagi tezligi 6 Maxni tashkil qiladi. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, plazma ishqalanishni kamaytirib, artilleriya qurolining kuchi va ta’sir doirasi uzoqligini kengaytiradi. Eng asosiysi, bunda zambarakning butligi xavf ostiga qo‘yilmaydi va uning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.

Xitoyda «magnitlangan plazma» takomillashtirishlardan keyin tank yoki o‘ziyurar qurollarga oson o‘rnatilishi mumkin. Bu texnologiya 115 mmli o‘ziyurar gaubitsaning ta’sir qilish doirasini 30-50 kmdan 100 kmgacha yetkazishi mumkin. Bu esa raqibning strategik hududlaridagi mudofaasini oson barbod qilishda yordam beradi.
Xitoy, plazma quroli, sinov




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 227
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 61
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar