“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:26
ЎЗO‘Z

Smartfon ekrani qizning ko‘zini “ilma-teshik” qilib tashladi

21 fev, 11:38 7 171 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Smartfon ekrani qizning ko‘zini “ilma-teshik” qilib tashladi Tayvanlik qiz ikki yil davomida ekrani maksimal yorqinlikda bo‘lgan smartfondan foydalangandan keyin ko‘ziga tiklab bo‘lmas shikast yetgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

2018 yil martida orolning janubidagi Gaosyun shahrida kotiba bo‘lib ishlovchi 25 yoshli Chen ismli qiz ko‘zida kuchli og‘riq his qila boshlagan. U og‘riqni ko‘z tomchilari bilan qoldirmoqchi bo‘lgan, biroq bu foyda bermagan. Bir necha oydan keyin og‘riq yanada kuchaygan, qizning ko‘z oqi esa qonga to‘lgan.

Qiz shundan keyin shifokorga murojaat qilgan. Ko‘rik vaqtida qizning chap ko‘zidagi ko‘rish o‘tkirligi 60 foizga, o‘ng ko‘zidagisi esa 30 foizga tushib ketgani aytilgan. Shifokorlar qizning o‘ng ko‘zi muguz pardasida 500 ta mikroteshikchani aniqlashgan. Ular qizga ko‘zi go‘yoki “mikroto‘lqinli pechda pishgandek“ ko‘rinishda ekanligini aytishgan.

Shifokorlar bunga qizning mobil telefondan maksimal yorqinlikdagi ekran holatida foydalanganini sabab deb atashgan. Qiz telefonning sozlanmalarini qorong‘ida ishlatganda ham o‘zgartirmagan.

Chenga steroidlar va tiklovchi protseduralar tayinlangan. Qiz hamon ularni qabul qilmoqda. Vaqt o‘tgach uning ko‘zi biroz yaxshilangan. Biroq shifokorlarning aytishicha, ko‘rish qobiliyatini to‘liq tiklab bo‘lmaydi.

Professor-oftalmolog Xun Sitinning ta’kidlashicha, ekrani maksimal yorqin bo‘lgan telefondan 2 soat foydalangandan keyin ko‘rish bilan muammolar boshlanishi mumkin: “Bunda yaqinni yaxshi ko‘rmaslik, ko‘zlarning qizarishi, astenopiya, quruq ko‘z sindromi, achishish va ko‘zda yot narsa bordek his, so‘ngra muguz pardaning shikastlanishi, katarakta va retinopatiya avj oladi”. Shifokorning ta’kidlashicha, qiz bilan bog‘liq holatda ekranning yorug‘ligi tavsiya qilingan 300 lyumenda 625 lyumenni tashkil qilgan. Qizning ko‘zi shikastlanishiga sababchi telefon markasi va modeli ma’lum qilinmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar