“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:49
ЎЗO‘Z

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosiga medal topshirildi

07 fev, 13:03 5 120 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosiga medal topshirildi 2019 yilning 6 fevral kuni Chelyabinsk oblasti (Rossiya) gubernatori Boris Dubrovskiy va hududning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Margarita Pavlova O‘zbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullayevga tantanali ravishda «Yaxshilik qilishga shoshiling» («Speshite delat dobro») medalini topshirdi.

TIV xabariga ko‘ra, marosim oblast gubernatorining qarorgohida bo‘lib o‘tgan.

Faxriy yorliqda yozilganidek, vatandoshimiz «Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi bilan mustahkamlab qo‘yilgan inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» medal bilan taqdirlandi.

Medal Chelyabinsk oblastidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, har yili jamiyat uchun muhim ishlarni amalga oshirgan va og‘ir turmush sharoitlariga tushib qolganlarga ko‘maklashgan shaxslarga topshiriladi.

2018 yilning 31 dekabr kuni Magnitogorsk shahridagi turar joy binosida yuz bergan portlash natijasida jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishga oshiqib, qahramonlik ko‘rsatgan va yuksak mukofotga loyiq topilgan 19 nafar janubiy uralliklardan biri Olamafruz Abdullayev bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari yetib kelguniga qadar u sakkiz nafar kishining vayronalar ostidan chiqishiga yordamlashdi, – deb xabar berdi O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi (Ural federal okrugi).

Kuni kecha Olamafruz Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a va bosh konsulxonaning faxriy yorlig‘ini ham qabul qilib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni u Toshkentga uchib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar