“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:21
ЎЗO‘Z

Ukrainada prezident poygasida shoumen yetakchilik qilmoqda

01 fev, 06:00 4 700 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ukrainada prezident poygasida shoumen yetakchilik qilmoqda Ukrainalik shoumen va aktyor Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi prezident poygasida yetakchilik qilmoqda. Bundan “Reyting” ijtimoiy guruhi o‘tkazgan so‘rovnoma ma’lumotlari darak bermoqda. Tadqiqotga ko‘ra, uni so‘ralganlarning 19 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Reytingning 2-o‘rnini sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko egallamoqda, unga 18,2 foiz respondentlar ovoz berishga tayyor. Amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni 15,1 foiz ishtirokchi qo‘llab-quvvatlagan.

Aholi o‘rtasida eng katta qo‘llab-quvvatlovga ega nomzodlar beshtaligiga “Muxolif platforma – Hayot uchun” partiyasi raislaridan biri Yuriy Boyko (10 foiz) va “Fuqarolik pozitsiyasi” yetakchisi Anatoliy Gritsenko (8,5 foiz) ham kirgan.

Tadqiqotga ko‘ra, 41 yoshli Zelenskiy mamlakat janubi va sharqida katta qo‘llab-quvvatlovga ega, Kiyevda u Poroshenko bilan yetakchilik qilmoqda, Boyko Donbassda, Timoshenko esa mamlakat markazi va shimolida yuqori elektorat ko‘rsatkichlariga ega.

So‘rovnoma 18 yoshdan katta bo‘lgan 6 ming kishi o‘rtasida 16-24 yanvar kunlari olib borilgan.

Ukrainaning tahlil va prognozlashtirish instituti tomonidan 17-25 yanvar kunlari o‘tkazilgan so‘rovnoma esa boshqa natijalarni ko‘rsatgan: nomzodlar o‘rtasida Timoshenko yetakchilik qilmoqda (20 foiz), 2-o‘rinni Zelenskiy (12,6 foiz), 3-o‘rinni Poroshenko (11,9 foiz) egallamoqda.

Ukraina prezidenti saylovlari 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi, saylov kampaniyasi esa 2018 yil 31 dekabrda start olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 184
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 232
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar