“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:01
ЎЗO‘Z

Rossiyadan Venesuelaga tegishli oltin olib chiqib ketilganligi ma’lum qilindi (foto)

31 yanv, 20:32 5 841 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyadan Venesuelaga tegishli oltin olib chiqib ketilganligi ma’lum qilindi (foto) Yanvarda Rossiyaning Boeing 757 yuk samolyoti Venesuelaga ikki marta parvozni amalga oshirdi, deb yozadi «Kun.uz» Rossiya nashriga tayanib. Nashrning xabariga ko‘ra, samolyot Rossiyadan Venesuelaga tegishli oltinlarni olib chiqib ketgan.

Yozilishicha, birinchi parvoz 18-19 yanvarda amalga oshirilgan. Oltin yuklangan Boeing 757 samolyoti Moskvadan Dubay aeroportiga qo‘ngan. Samolyotni BAA markaziy bankining inkassator mashinalari kutib olgan. U yerda oltinlar tushirilib, samolyotga dollarli konteynerlar yuklangan va samolyot Venesuelaga yo‘l olgan. U Moskvaga 23 yanvarda qaytgan.

Ikkinchi marta samolyot Karakasga 30 yanvar kuni kelgan.

«Novaya gazeta»ning yozishicha, Rossiya yuk samolyoti Karakasga kelib ketganidan so‘ng Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi shaharlarni obodonlashtirishga bir milliard dollar ajratilishini e’lon qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil yanvar holatiga Rossiya markaziy bankida Venesuelaga tegishli 30 tonnaga yaqin oltin saqlangan. Mamlakatga tegishli qolgan oltinlar Yevropa banklarida saqlanadi.

Jahon oltin kengashining ma’lumot berishicha, Karakasning jami oltin zaxirasi 161,2 tonnani tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar