Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Amerika yetakchisi Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Suriyada xavfsizlik hududini yaratish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga kelishib olishdi.
Ta’kidlanishicha, Tramp va Erdo‘g‘an, shuningdek, mintaqada IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarining qoldiqlarini yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘rishga ham rozi bo‘lgan.