“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:23
ЎЗO‘Z

Dunyodagi milliarderlar soni 10 yil ichida 2 barobarga ko‘paygan

21 yanv, 10:53 4 125 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi milliarderlar soni 10 yil ichida 2 barobarga ko‘paygan Dunyodagi milliarderlar soni oxirgi 10 yil ichida deyarli 2 barobarga ko‘paygan va 2018 yilda 2208 kishiga yetgan, ularning boyligi har kuni 2,5 mlrd dollarga ko‘payib borgan. Bundan xalqaro xayriya va gumanitar tashkilot Oxfam’ning Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forum oldidan tayyorlagan tadqiqotida aytilgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bu guruh odamlarining boyligi o‘sishi yiliga 900 mlrd dollarni tashkil qilgan va hozirda milliarderlarning umumiy boyligi tarixdagi eng ko‘pi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, 2017 yildan 2018 yilgacha dunyoda har ikki kunda yangi milliarder paydo bo‘lgan.

Shu bilan birga Oxfam xavotirli trendni qayd qilgan: dunyoning 3,8 mlrd eng nochor odamlarining moliyaviy ahvoli o‘tgan yil ichida mutlaq yaxshilanmagan.

Tashkilot olingan natijalarni taqqoslab, dunyoning eng boy 26 odamining umumiy boyligi 3,8 mlrd eng nochor odamning umumiy boyligiga tengligi haqidagi xulosaga kelgan. Tadqiqotda ta’qidlanishicha, dunyoning amaldagi eng boy odami Jeff Bezosning boyligi 112 mlrd dollargacha ko‘paygan va bu boylikning bir foizigina 105 mlnlik aholiga ega Efiopiyaning sog‘liqni saqlash byudjetiga tengdir.

Oxfam (Oxford Committee for Famine Relief) tashkiloti 1942 yilda Oksfordda ocharchilikdan aziyat chekuvchilarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Ayni vaqtda bu xayriya tashkiloti dunyoning 90 dan ko‘proq davlatida ishlovchi 17 ta tashkilotdan tashkil topgan. Tashkilotning maqsadi nochorlik muammolari va u bilan bog‘liq adolatsizlikni hal qilishdan iborat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 222
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 508
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 439
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar