“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 10:31
ЎЗO‘Z

«Moskva go‘zali»ga uylangan Malayziya qiroli taxtdan voz kechdi

06 yanv, 20:50 6 181 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Moskva go‘zali»ga uylangan Malayziya qiroli taxtdan voz kechdi Malayziya qiroli Muhammad V taxtdan voz kechdi. Bu haqda qirollik saroyi bayonotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda. Agentlik ma’lumotida iste’fo sababi keltirilmagan.

«Hazrati oliylari belgilangan tartiblar asosida taxtdan voz kechish bo‘yicha rasmiy maktub yo‘lladi», deyiladi xabarda. Qirol o‘zini saylagan Konfederatsiya kengashi a’zolariga minnatdorchilik bildirgan. Qayd etilishicha, monarxning kutilmaganda taxtni topshirishi mamlakat tarixida ilk marta kuzatilmoqda.

Star nashri xabariga ko‘ra, u Malayziya federal konstitutsiyasining 32-moddasiga ko‘ra muddatidan avval lavozimini tark etgan. Qonunchilikka ko‘ra, Malayziyadagi sultonlar orasidan har besh yilda qirol va uning yordamchisi — vitse-qirol tanlanadi.

1969 yilda tug‘ilgan Muhammad V Buyuk Britaniyada tahsil olgan. U 2016 yilda hokimiyat tepasiga kelgan va 5 yil muddatga Malayziyaning hukmdoriga aylangandi. U endi o‘zining sultonligiga - Kelantanga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda 49 yoshda bo‘lgan Muhammad V 2018 yilning noyabrida rossiyalik 25 yoshli model Oksana Voyevodinaga, «Miss Moskva-2015» tanlovi g‘olibiga uylangani shov-shuv bo‘lib ketgandi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 249
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 339
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • Bo‘limlar