“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:23
ЎЗO‘Z

Si Szinpin Tayvan mustaqilligi bo‘yicha bayonot berdi

02 yanv, 13:50 3 749 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Si Szinpin Tayvan mustaqilligi bo‘yicha bayonot berdi «Tayvan mustaqilligi» g‘oyasi tarixiy jarayonga zid bo‘lib, oxir-oqibat boshi berk ko‘chaga olib keladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin chorshanba kuni «Tayvanlik yurtdoshlarga murojaat»ning 40 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

«Tayvanning mustaqilligi tarixiy jarayonlarga zid keladi va boshi berk ko‘chaga olib boradi», - deya ma’lum qildi Si Szinpin, uning so‘zlari «Sinxua» agentligi tomonidan keltirilgan.

Szinpin so‘zlariga ko‘ra, «xitoyliklar xitoyliklar bilan jang qilmaydi», «Xitoyning tinch birlashishi esa ham qit’a qismdagi Xitoy xalqi, ham Tayvan bo‘g‘ozining narigi betidagi vatandoshlar manfaatiga xizmat qiladi». «Biz Xitoyning tinch birlashishi uchun keng maydon yaratishga tayyormiz va hech qanday ayirmachilik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaymiz», - deya ta’kidlab o‘tdi XXR rahbari.

Shuningdek, uning qayd etishicha, «Xitoy birlashishi har qanday mamlakatning qonuniy manfaatlariga, shu jumladan, Tayvanning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmaydi». Si Szinpin so‘zlariga ko‘ra, bu aksincha, «Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va butun dunyoda rivojlanish, farovonlik va barqarorlikka turtki beradi, shuningdek, jamiyatni yagona taqdir hamda inson taraqqiyoti rivoji bilan qurishga katta hissa qo‘shadi».

Si Szinpin Tayvan masalasida «tinch birlashish» prinsipiga chaqirdi. «Tinch birlashish prinsiplari va «yagona Xitoy» siyosati milliy birlashishga eng yaxshi yondashuvdir», - dedi Si Szinpin.

«Biz barchamiz bir oilamiz. Tayvan bo‘g‘ozini kesib o‘tish masalalari ichki ish bo‘lib, tabiiyki, o‘zimiz o‘rtamizdagi muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qilinishi kerak», - deya qayd etib o‘tdi XXR raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tayvan masalasini tinch yo‘l bilan hal etish - mintaqada barqarorlik va tinchlikni saqlab qolish, shuningdek, vatandoshlar manfaati yo‘lidagi umumiy rivojlanishga ko‘maklashish uchun to‘g‘ri yo‘l». «Tinch aloqalar sohasidagi hamkorlik oldinga siljishi va har ikki tomondan ham qo‘llab-quvvatlanishi darkor», - deya xulosa qilgan Si Szinpin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar