“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:43
ЎЗO‘Z

Suriyani tark etayotgan amerikaliklar qurol-yarog‘ni kurdlarga qoldirmoqchi...(mi?)

29 dek, 11:20 3 820 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suriyani tark etayotgan amerikaliklar qurol-yarog‘ni kurdlarga qoldirmoqchi...(mi?) Pentagondagilar AQSh prezidenti Donald Trampga amerikalik harbiylar Suriyani tark etayotgani munosabati bilan qurollarni kurdlarga qoldirish bo‘yicha taklif kiritishmoqchi. Bu haqda Kun.uz nashri Reuters agentligiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, kurdlarga qoldiriladigan qurollar ichida zirhli texnikalar hamda tanklar hujumiga qarshi raketalar ham mavjud. Bu taklif AQSh prezidenti tomonidan qanoatlantirilsa, Suriya shimolidagi kurdlarni terrorchilar sifatida qabul qiladigan Turkiya o‘z noroziliklarini bildirishi mumkin.

28 dekabr kuni Suriyadagi kurdlar muxtoriyati vakili Jeyhan Ahmad ma’lum qildiki, kurdlar Suriya armiyasi bilan mamlakat shimolidagi hududlarni, jumladan Frot daryosining g‘arbiy qirg‘oqlarini Turkiyaning ehtimoliy hujumidan himoya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Suriya Demokratik kuchlari» rasmiy Damashq bilan «Turkiyaning yo‘lini to‘sish» bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 237
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar