“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 19:27
ЎЗO‘Z

Ozarbayjon prezidentining qizlari ofshor orqali Londonda hashamatli uy sotib olishga uringan

24 dek, 13:03 4 567 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozarbayjon prezidentining qizlari ofshor orqali Londonda hashamatli uy sotib olishga uringan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning qizlari pul yuvishga ko‘mak berganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi sud bayonotiga asosan xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Laylo va Orzu Aliyevalar Londondagi nufuzli ko‘chmas mulkni Child&Child kompaniyasidan ofshor kompaniyalar orqali 60 million funt sterlingga sotib olishga urinishgan.

Guardian ma’lumotlariga qaraganda, gap Londonning Naytsbrij tumanidagi ikkita kvartira haqida ketmoqda, ular qirolicha qarorgohi - Bukingem saroyiga bevosita juda yaqin yerda joylashgan. Ularni sotib olish uchun Britaniya Virgin orollaridagi ofshor kompaniyadan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, uni britaniyalik huquqshunos Holid Sharif Panamaning Mossack Fonseca firmasidan xarid qilgan. Bu kompaniya OCCRP jurnalistlarining korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli surishtiruvlarida qayd etilgandi.

2016 yilda bitim bekor qilindi, o‘shanda Mossack Fonseca - «Panama dose»si - to‘g‘risida surishtiruvlar e’lon qilingach, Aliyevlar oilasi a’zolari katta miqyosda pul yuvishda gumonlandi.

Xabar qilinishicha, sud Sharifga Aliyevlar puli qayerdan kelib chiqqanini tekshirmagani uchun 45 ming funt sterling va qo‘shimcha 40 ming funt sterling miqdorida jarima soldi. Britaniya qonunchiligiga binoan, mamlakatda mulk sotib olgan shaxslar siyosatga aloqador bo‘lsa, bunday tekshiruvlar majburiydir. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sharif buni rad etgan, o‘z yordamchisini Ozarboyjon prezidentining qizlari siyosat bilan bog‘liq emasligi haqida deklaratsiyaga qayd kiritishga majburlagan.

Mossack Fonseca to‘g‘risidagi surishtiruvlar 2016 yilda e’lon qilinganidan so‘ng, Aliyevlar oilasi London, Moskva, Dubay va Pragada ko‘chmas mulk sotib olish uchun ofshor kompaniyalar tarmog‘idan foydalanganlikda gumonlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 2
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 40
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 1
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Bo‘limlar