“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:48
ЎЗO‘Z

Erkak qiyofadosh jinoyatchi o‘rniga 17 yil qamoqda o‘tirdi va millionerga aylandi

22 dek, 17:53 4 935 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkak qiyofadosh jinoyatchi o‘rniga 17 yil qamoqda o‘tirdi va millionerga aylandi Foto: Rambler
AQShda yashovchi Richard Entoni Jons o‘ziga o‘xshash kishi tomonidan amalga oshirilgan jinoyat uchun 17 yilni qamoqda o‘tkazdi. Buning uchun erkak 1,1 million dollar tovon puli olgan. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Erkak 1999 yilda og‘irlashtiruvchi holatlarda talonchilik qilganlikda aybdor deb topilgan. O‘shanda unga o‘xshaydigan kishi supermarketning mashinalar to‘xtash joyida bir ayolning qo‘lidan mobil telefonini olib qochgan. Talonchilik qurboni jinoyatchi bilan kurashgan, yiqilgan va tizzasini sindirgan. Bu tan jarohati yetkazish sifatida tavsiflangan va shuning uchun jazo og‘ir bo‘lgan. Guvohlar jinoyatchini tasvirlab bergan.

Jonsning o‘zi esa jinoyat yuz bergan vaqtda yaxshi ko‘rgan qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan kechada bo‘lgan. U yerda Jonsni bir necha kishi ko‘rgan. Jinoyat guvohlari esa Jonsning xuddi o‘zini tasvirlab bergan. Bundan tashqari, jinoyatchining mashinasi Jonsning uyi yaqinida qoldirib ketilgan. Erkak 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U appelyatsiya bergan va yutqizgan, keyin esa huquq himoyachilariga murojaat qilgan. Huquq himoyachilari haqiqiy jinoyatchini topishga muvaffaq bo‘lgan. U Jonsning uyiga va jinoyat joyiga yaqin yashovchi Riki Li Amos bo‘lib chiqqan.

Guvohlarga Amosning surati ko‘rsatilganda, ular mazkur shaxs ko‘proq o‘sha talonchiga o‘xshashini tan olgan. Sud bu ma’lumotlarni qabul qilgan va Jonsni ozod etgan. Biroq Amosni jazolashning imkoni bo‘lmagan, chunki jinoyatning eskilik muddati o‘tib ketgan edi.

Tovon bilan birga, Jons uning aybsiz ekanligi haqida sertifikat, shuningdek, huquqshunos maslahatiga taklifnoma va shtatning sog‘liqni saqlash sug‘urta dasturlarida ishtirok etish uchun ruxsat olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 121
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 132
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 159
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar