“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:27
ЎЗO‘Z

Tramp Pentagon rahbari iste’foga ketishini e’lon qildi

21 dek, 12:00 3 465 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp Pentagon rahbari iste’foga ketishini e’lon qildi AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vaziri Jeyms Mettis 2019 yil fevral oxirida pensiyaga ketishini e’lon qildi.

“General Mettis mening ma’muriyatimda mudofaa vaziri lavozimida ikki yil ishlagandan keyin fevral oxirida pensiyaga ketadi”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp yangi mudofaa vaziriga nomzod yaqin orada ma’lum qilinishini qo‘shimcha qilgan. “Jimning faoliyati davomida katta taraqqiyotga erishildi. General Mettis ittifoqdoshlar va boshqa davlatlarni harbiy majburiyatlaridagi o‘z ulushini to‘lashga majbur qila olishda yordam berdi”, deyilgan Tramp xabarida.

Iste’foga ketishni Mettisning o‘zi so‘ragan. Uning bu haqdagi maktubi 20 dekabrda topshirilgan. Hujjatga ko‘ra, mudofaa vaziri prezident bilan kelishmovchiliklar sababli iste’foga ketishga qaror qilgan.

Mettis maktubida Tramp o‘zining qarashlariga yaqin qarashlarga ega bo‘lgan mudofaa vazirini topa olishi uchun iste’foga ketishini aytgan. U Vashington mustahkam iqtisodiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamasdan va “ittifoqdoshlarga hurmat ko‘rsatmasdan” o‘z manfaatlarini himoya qila olmasligini ta’kidlab o‘tgan.

“Sizda qarashlari siznikiga yaqin bo‘lgan mudofaa vaziriga ega bo‘lish huquqi borligi sababli, men o‘z fikrimda qolgan holda iste’foga ketishga haqliman, deb hisoblayman”, deb aytgan Pentagon rahbari.

Iste’foga ketishni Mettisning o‘zi so‘ragan. Uning bu haqdagi maktubi 20 dekabrda topshirilgan. Hujjatga ko‘ra, mudofaa vaziri prezident bilan kelishmovchiliklar sababli iste’foga ketishga qaror qilgan.

Mettis Pentagonni 2017 yil 20 yanvardan boshqara boshlagan. Bungacha u AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusida xizmat qilgan, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Mettis, shuningdek, NATO qurolli kuchlarida qurol-aslahalarni modernizatsiya qilishga boshchilik qilgan va AQSh qurolli kuchlarining tasarrufida O‘rta Sharq, Sharqiy Afrika va Markaziy Osiyodagi operatsiyalar bo‘lgan markaziy qo‘mondonligiga rahbar bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 0
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 4
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 2
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 246
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 83
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 4
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 2
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 28
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 32
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 16
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 246
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 72
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 83
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 80
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 106
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 269
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 150
  • Bo‘limlar