“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:48
ЎЗO‘Z

“Miss koinot” tanlovining amerikalik ishtirokchisi ksenofobiyada ayblandi

14 dek, 20:12 3 685 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Miss koinot” tanlovining amerikalik ishtirokchisi ksenofobiyada ayblandi “Miss koinot”ning amerikalik ishtirokchisi Sara Sammers shu tanlov qatnashchilari bo‘lgan Vetnam va Kambodja davlatlari qizlari ustidan kulgani uchun ksenofobiyada ayblandi.

Jumladan, "Diet Prada" akkaunti Sara Sammersning ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan roligini bag‘rikeng insonga xos bo‘lmagan nohaq yondashuv sifatida baholagan.

Sara Sammers mazkur tanlov taassurotlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan roligida Kambodja va vetnamlik ishtirokchilarning “ingliz tilini yomon bilishini” ta’kidlagan. Qizlarning Avstraliya va Kolumbiyadan tashrif buyurgan raqibalari ham bu kamchilikdan xoli emasligini qayd etgan.

Sammars o‘z videosida “Miss Kambodja” ustidan kularkan, bu tanlovda qatnashganlarning aksariyatini “mening inglizchamni bilishmaydi”, deb ayblagan.

Vetnamlik ishrokchi qiz haqida “o‘zini go‘yo inglizcha biladigandek tutsa-da, gaplashib qolsangiz, jim qoladi va jilmayib turaveradi” degan.

Sammersning ijtimoiy tarmoqdagi bu chiqishi ko‘pchilik tomonidan "shunchaki befarosatlik" deya baholangan. “Chunki “Koinot go‘zali” tanlovi og‘zaki nutq emas, go‘zallik tanlovi hisoblanadi”, deyishgan ular.

Shu yilning 10 dekabrida Tailandda o‘tkazilgan “Koinot go‘zali” tanlovi ishtirokchilari o‘z davlatlari milliy liboslari yoki ramzlarini taqdim etishi bilan alohida o‘rin tutgan edi.

Ksenofobiya – o‘ziga notanish hamda begona bo‘lgan vaziyatlarni qabul qila olmaslik, ulardan qo‘rqish hissi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 116
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 81
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 334
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 180
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 267
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar