“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:04
ЎЗO‘Z

Putin Yelsin unga prezident bo‘lishni qanday taklif qilgani haqida so‘zlab berdi

13 dek, 22:32 7 797 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin Yelsin unga prezident bo‘lishni qanday taklif qilgani haqida so‘zlab berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavda o‘tgan Umumrossiya professional navigatsiya forumi “ProyeKTOriYa” doirasidagi ochiq dars davomida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinning bosh vazir bo‘lish taklifini rad etgani haqida so‘zlab berdi. Yelsin Putinning nomzodini parlamentda taqdim qilish oldidan unga bosh vazir bo‘lishni taklif qilgan.

Yelsinning rejasiga ko‘ra, Putin dastlab vazirlar mahkamasiga boshchilik qilishi, so‘ngra prezident saylovlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan.

“Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin oldiga chaqirtirib, “Bosh vazir bo‘lishingiz uchun sizning nomzodingizni davlat dumasida taqdim qilmoqchiman, keyin esa sizga prezident saylovlarida ishtirok etishni taklif qilaman”, deb aytgan, men esa “Yo‘q” deb javob berganman”, deb eslab o‘tdi bo‘lgan voqeani Putin.

Putinning aytishicha, Yelsin uning bu qaroridan juda taajjublangan. O‘shanda Putin hukumatni boshqarishga tayyor bo‘lmagan.

“U taajjublanib: “Nimaga ekan?” deb aytgan. Men esa unga “Men tayyor emasman” deb javob qilganman. Vaholanki, men anchagina katta bola edim”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.

Putin shu so‘zlaridan keyin yoshlarga yuzlanib, ularga hayotlaridagi muhim qarorlarni iloji boricha ertaroq qabul qilishga tayyor bo‘lishlarini tilagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 301
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 199
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar