“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:48
ЎЗO‘Z

Eng ko‘p qidiriluvchi narkobaron yuzini to‘liq o‘zgartirdi, ammo ovozi “pand berdi”

08 dek, 23:48 4 438 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng ko‘p qidiriluvchi narkobaron yuzini to‘liq o‘zgartirdi, ammo ovozi “pand berdi” Kolumbiyalik narkobaron Xuan Karlos Ramires Abadiya hibsga olinishdan qochish uchun ko‘plab plastik operatsiyalarni boshdan o‘tkazganini tan oldi. U uzoq vaqt politsiyani “laqillatib” yurishga muvaffaq bo‘lgan, biroq avvalgidek qolgan ovozi unga oxir-oqibat “pand bergan”.

Narkobaron Braziliyaning San-Paulu shahri yaqinida ushlangan. Shimoliy vodiy karteli yetakchisi dunyoda eng qidiriluvchi jinoyatchilardan biri bo‘lgan. AQShning giyohvand moddalar tarqatilishiga qarshi kurashuvchi boshqarmasi uning yashiringan joyidagi haqidagi ma’lumot uchun 5 mln dollar mukofot puli va’da qilgan. Shunga qaramay, jinoyatchi uzoq yillar yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lgan.

Abadiyaning tan olishicha, u o‘z qiyofasini plastik operatsiyalar yordamida tanib bo‘lmas darajagacha o‘zgartirgan. U jag‘i, ko‘zlari, burni, qulog‘i va yonoqlarini to‘liq o‘zgartirgan. Uni eski suratlari bo‘yicha topib bo‘lmagan, biroq u yashiringan joyini tark etmaslikka harakat qilgan va u yerdan turib narkobiznesini boshqargan. Oxir-oqibat politsiya jinoyatchi telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirganda uning iziga tushishga muvaffaq bo‘lgan, chunki ovozi yuzidan farqli o‘laroq, o‘zgarishsiz qolgan.

Jinoyatchi AQShga ekstraditsiya qilingan. U o‘zining giyohvand modddalar sotish va ko‘plab qotilliklarni tashkillashtirishda aybdorligini tan olgan. Unga 30 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 0
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 178
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 147
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 139
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 167
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar