“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:42
ЎЗO‘Z

«Ukraina fitnasi». Rossiya FXX Kerchdagi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi

08 dek, 16:35 4 072 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ukraina fitnasi». Rossiya FXX Kerchdagi hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi Rossiya FXX Chegara xizmati sohilni qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Volskiyning brifingda ma’lum qilishicha, Kerch-Yenikalskiy bo‘g‘ozini chet el kemalari o‘tishi uchun yopib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror Ukraina tomoni provokatsiyalari tahdidi sababli qabul qilingan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qora dengizdagi provokatsion harakatlardan bir oy oldin Ukraina kemalari Azov dengizida fitna uyushtirishga uringan, o‘shanda Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining ikkita zirhli kateri - «Lubni» va «Kremenchug» Mariupol portidan chiqqan, Bolgariya bayrog‘i ostidagi kemaga hamrohlik qilgan.

«Ushbu hamrohlik qilish vaqtida Rossiya chegara kemalariga nisbatan qurol qo‘llash to‘g‘risida tahdid bir necha marta efirda eshitildi, artilleriya qurilmalari jangovar shay holatda ekani ataylab ko‘rsatildi», - deya ma’lum qilgan Volskiy.

Uning qayd etishicha, Rossiya hech qachon Ukraina katerlariga qurol ishlatish bilan tahdid qilmagan.

Shuningdek, Volskiy so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning asosiy fitna harakatlari Kerch ko‘prigi qurilishi va faoliyat yuritishiga qarshi qaratildi.

«Ma’lumki, Ukraina vakillari tomonidan Qrim ko‘prigini yo‘q qilish zarurligi to‘g‘risida turli darajada muntazam bayonotlar berildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Volskiy.

Volskiy so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kemalarining Kerch bo‘g‘ozidagi blokadasi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan 1 dekabrga qadar Kerch bo‘g‘ozidan 18 ming 783ta kema suzib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, kemalardan 2 052tasi tekshirildi, bu umumiy sondan 12 foizni tashkil etadi.

Aniqlik kiritilishicha, ulardan 1183tasi Rossiya portlariga, 869tasi Ukraina portlariga yo‘l olayotgan bo‘lgan.

«Rossiya portlariga yo‘l olgan kemalar ko‘proq tekshirilgani tushunarli holat. Bu yerda gap Ukraina portlarining dengiz blokadasi haqida ketayotgani yo‘q», - deya qayd etib o‘tdi Volskiy.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 121
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 132
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 159
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar