“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 07:08
ЎЗO‘Z

Tramp va Si Szinpin o‘zaro kelishib oldi

02 dek, 21:25 3 678 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp va Si Szinpin o‘zaro kelishib oldi AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin Xitoyga nisbatan qo‘shimcha tariflarni joriy qilmaslikka qaror qildi. “Ular kamida 90 kun mobaynida yangi tariflarni joriy qilmaslikka qaror qilishdi”, deb xabar beradi Kun.uz Reuters agentligiga tayanib.

Dastlab AQSh 1 yanvardan umumiy hajmi 200 mlrd dollar bo‘lgan Xitoy tovarlariga 25 foizlik tarif joriy qilishi ko‘zda tutilayotgan edi. Biroq Tramp qarorini o‘zgartirdi. “Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, Xitoy va AQSh rahbarlari barcha qo‘shimcha tariflarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralarni tezlatishga kelishib olishdi.

“Xitoy va AQSh barcha amaldagi tariflarni bekor qilishga qaratilgan muzokaralarni tezlatadi”, – deb xabar beradi axborot agentligi tashqi ishlar vazirligiga tayanib.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh va Xitoy rahbarlari “qulay payt kelganda” o‘zaro tashrifga kelishib olishganini aytgan. “Rais Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp qulay payt kelganda tashrif almashishga kelishib olishdi”, – dedi Van I uchrashuv yakunlariga to‘xtalib.

Tramp va Si Szinpin “ikki davlat albatta munosabatlarini yaxshilab olishi”ga kelishib olishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 0
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 59
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 43
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Bo‘limlar