“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 15:32
ЎЗO‘Z

G20 sammiti yakunlariga ko‘ra qo‘shma bayonot qabul qilindi

02 dek, 12:56 3 461 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
G20 sammiti yakunlariga ko‘ra qo‘shma bayonot qabul qilindi Buenos-Ayresda o‘tgan “Katta yigirmatalik” sammiti 1 dekabrda qo‘shma bayonotning qabul qilinishi bilan yakunlandi. Yakuniy hujjat bo‘yicha ziddiyatlar oxirgi lahzagacha saqlanib qoldi, biror u aniq maqsadlar qo‘yilmagan holda qabul qilindi.

“Yigirmatalik” davlatlari xalqaro savdo tizimi va Jahon savdo tashkiloti takomillashtirilishi zarurligi haqidagi fikrga kelishgan. Sammit ishtirokchilarining fikricha, amaldagi tizim “oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmayapti”. Yetakchilar bu boradagi islohotlarni keyingi sammitda muhokama qilishga kelishib olishgan.

Shuningdek, hujjatda AQSh va “yigirmatalik”ning qolgan davlatlari o‘rtasida iqlim bo‘yicha turli fikrlik saqlanib qoldi. AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqmoqchiligini tasdiqlagan, qolgan davlatlar esa toza energetikani rivojlantirishga sodiqliklarini ta’kidlab o‘tishgan.

“Yigirmatalik” keyingi 3 yil uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasini ma’qulladi. Bundan tashqari, G20 yetakchilari internetni terrorchilik maqsadlarida qo‘llashga qarshi kurashishga chaqirishdi va odamlarni o‘z yurtlaridan qochishga majbur qiluvchi sabablarni bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish muhimligini ta’kidlab o‘tishdi.

Murosasiz norozilik namoyishlari va politsiya bilan to‘qnashuvlar ortida o‘tgan, Gamburgdagi avvalgi sammitdan farqli, Argentina poytaxtida o‘tgan sammit vaqtida osoyishtalik hukm surgan. 30 noyabrda Buenos-Ayres markazida kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha antiglobalchilar marshi hech qanday noxush voqealarsiz o‘tgan.

Rejaga ko‘ra, “yigirmatalik”ning keyingi uchrashuvi 2019 yilning 28-29 iyun kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 0
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 1
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 57
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 1
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 57
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Bo‘limlar