“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:27
ЎЗO‘Z

«O‘zini imperator deb hisoblaydi». Poroshenko Putin haqida ochiq gapirdi

29 noya, 17:55 6 234 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zini imperator deb hisoblaydi». Poroshenko Putin haqida ochiq gapirdi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqchi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olishni istaydi. U o‘zini Rossiya imperatori sifatida ko‘radi, uning imperiyasi Ukrainasiz ishlashi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroshenko. Poroshenko mamlakatni 2014 yilda boshqara boshlaganidan beri, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning mustamlakasi bo‘lishdan to‘xtadi.

Poroshenkoning tushuntirishicha, Ukrainani himoya qilishi kerak. Aynan shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng harbiy holat joriy etdi. «2014 yilda bo‘lgani kabi, Putin Ukrainaning yana bir qismini qo‘shib olmoqchi, u o‘zini xuddi o‘shandagiday tutmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi prezident.

Bundan tashqari, Pyotr Poroshenkoning umid bildirishicha, NATO davlatlari Ukrainaga yordam berish va mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun Azov dengiziga o‘z harbiy kemalarini yuboradi. Kreml Ukraina prezidentining bunday bayonotini provokatsiya, deb atadi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Poroshenko so‘zlariga prezidentlik saylovlari arafasidagi ichki siyosiy manfaatlar, deb izoh berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar