“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:33
ЎЗO‘Z

Chechenistonlik 5 yoshli Rahim Kuriyev 6 ta jahon rekordini o‘rnatdi

29 noya, 10:38 4 982 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chechenistonlik 5 yoshli Rahim Kuriyev 6 ta jahon rekordini o‘rnatdi Avvalroq bir urinishda qo‘llarga tayangan holda yotgancha 4105 marta gavdani ko‘tarib-tushira olgani xabar qilingan 5 yoshli chechenistonlik Rahim Kuriyev ushbu mashqdan 2,5 soatda 3202 marta bajarib, 6 ta jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Konenko ma’lum qildi.

Rossiya rekordlar kitobida bolakayning avvalgi urinishi borasida “kichik savollar” tug‘ilgani sababli uning natijasini rasmiy vakillar guvohligida takrorlashga qaror qilingandi.

“Bugun Rahim Kuriyev 5 yoshli bolalar o‘rtasida bir urinishda gavdani eng ko‘p marta ko‘tarib-tushirish bo‘yicha rekorddan tashqari, yana 5 ta jahon rekordini o‘rnatdi: bir soatda, ikki soatda mashqni eng ko‘p bajarish; eng kam vaqt ichida gavdani ming, 2 ming, 3 ming marta ko‘tarib-tushirish. Bu rekordlarning barchasi rasman qayd qilindi”, deb aytgan Konenko. U bolakayga tegishli sertifikatni topshirgan.

Ushbu voqealar aks etgan videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov bolaning rekord natijasi uchun unga “Mersedes” mashinasini sovg‘a qilgandi. Bu gal esa respublika rahbari uni “Chechenistonning faxriy fuqarosi” unvoni bilan taqdirladi. Bolakay shu tariqa ushbu unvonni olgan eng yosh chechenistonlikka aylandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar