“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:05
ЎЗO‘Z

BBC jurnalistlari Antarktidada halok bo‘layotgan pingvin bolalarini qutqardi (video)

21 noya, 08:28 3 878 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BBC jurnalistlari Antarktidada halok bo‘layotgan pingvin bolalarini qutqardi (video) Britaniyaning BBC telekanali jurnalistlari halok bo‘layotgan pingvinlarni qutqarish yo‘lida hujjatli filmni tasvirga olish jarayonini to‘xtatishga qaror qildi, deb yozadi «Daryo».

«Sulolalar» filmi muallifi Devid Attenboro jamoasi bilan Antarktidada qahraton qishda jon saqlashga urinayotgan imperator pingvinlari guruhi ustidan kuzatuv olib borayotgan edi. Suratga olish jarayonida bo‘ron galaning bir qismini tik devorli jarlikka haydadi, u yerdan tepaga chiqib olish qiyin edi. Ba’zi ona pingvinlar jarlikdan chiqib oldi, ammo polaponlar pastda qolib ketdi.

Suratga olish guruhi bir necha kun davomida pingvinchalarning o‘zini tutishini kuzatdi. Oxir-oqibat qushlar o‘zlari tushib qolgan qopqonda nobud bo‘la boshlagach, ular jurnalistlik prinsiplaridan og‘ishib, hodisalarning tabiiy rivojlanishiga aralashishga qaror qildi.

«Biz bu haqda ko‘p o‘yladik va pandus (nishab yo‘lka) qazib qo‘yishga qaror qildik», — dedi jamoa a’zolaridan biri.

Pirovardida polaponlar jarlikdan chiqib oldi. BBC tomoshabinlari ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlarni maqtovlar bilan siyladi. Ularning fikricha, jamoa qarori ozuqa zanjirini o‘zgartirmagan, ammo pingvinlarga omon qolish uchun imkon bergan.

I can’t watch ????#Dynasties pic.twitter.com/xoo7jDJbcl

— BBC Earth (@BBCEarth) November 18, 2018




Mavzuga oid yangiliklar
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 390
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar