“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:01
ЎЗO‘Z

Meksikalik tadbirkorni Coca-Cola’dan 345 mln dollar undirishga nima majbur qildi?

16 noya, 06:36 3 213 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Meksikalik tadbirkorni Coca-Cola’dan 345 mln dollar undirishga nima majbur qildi? Meksikalik tadbirkor Xose Antonio del Valle Coca-Cola kompaniyasi ustidan Mexiko prokuraturasiga arz qildi. Bu haqda Financial Times'ga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi. Arzchi kompaniyadan 345 mln dollar undirmoqchi. Arzga Coca-Cola’ning go‘yoki miya faoliyatini yaxshilovchi yangi ichimligi sabab bo‘lgan.

Vallening aytishicha, u 2012 yilda Meksika va Niderlandiyada aminokislotalar negizidagi qo‘shimchaga ega Gaba nomli ichimlik ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ygan. Qo‘shimchaning qo‘llanilishi tarafdorlarining ta’kidlashicha, u stressni olishga, uyqu bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va diqqatni jamlashni yaxshilashga yordam beradi. Biroq bu ichimlikning ushbu xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari turlichadir. Shunga qaramay, qo‘shimcha Yaponiyada oziq-ovqat sanoatida faol qo‘llanadi.

Valle 2016 yilda ichimlikning formulasini qayta ko‘rib chiqish va rebrending qilish uchun uning ishlab chiqarilishini to‘xtatgan. U shu bilan bir vaqtda Coca-Cola bilan bu mahsulot bo‘yicha tijoriy hamkorlik haqida muzokaralar olib borishni boshlagan. Hozirda bu mahsulot Go Gaba deb ataladi. 2017 yil dekabrda tomonlar Coca-Cola’ga bunday ichimliklarni keyingi 30 oy ichida ishlab chiqarilishi va tarqatilishida ishtirok etishni taqiqlovchi kelishuvni imzolashgan. Biroq ko‘p o‘tmay meksikalik Coca-Cola Yaponiyada Fanta Gaba nomli ichimlik sotishni boshlaganidan xabar topgan. Valle AQSh kompaniyasiga kelishuvni buzganini aytgach, ichimlik yapon supermarketlari peshtaxtalari va kompaniyaning mahalliy saytidan olingan.

Endi esa meksikalik Coca-Cola’ni korporativ firibgarlik va sanoat mulkini o‘g‘irlashda ayblamoqda. U kompaniya harakatlaridan ko‘rgan zararni 344,5 mln dollarga baholagan. Prokurorlik tergovi natijalariga ko‘ra sud Coca-Cola’ga ushbu ayblovlarni rasman qo‘yish-qo‘ymaslik bo‘yicha qaror chiqaradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar