“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:58
ЎЗO‘Z

Qirg‘izistonga tashrif buyurgan 5 mln sayyohdan yarmi o‘zbekistonliklar

14 noya, 23:20 3 819 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘izistonga tashrif buyurgan 5 mln sayyohdan yarmi o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonga joriy yilning ilk 9 oyida 5 mlndan ko‘proq sayyoh buyurgan. Yil oxirigacha esa ularning soni 5,5 mlngacha oshishi kutilmoqda. Bunday ma’lumotlarni Qirg‘iziston turizm departamenti direktori o‘rinbosari Chubak Omorov biznesni rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida keltirgan.

Omorovning aytishicha, turizm departamenti mamlakatga keluvchi xorijiy fuqarolarni hisoblashda BMTning Jahon turistik tashkiloti tomonidan qabul qilingan tasniflashdan foydalanadi. Ta’kidlanishicha, Turkiya va Gruziyada ham sayyohlar shunday usulda hisoblanadi.

Omorov Qirg‘izistonga ilk 9 oy ichida kelgan umumiy sayyohlarning deyarli yarmi, ya’ni 2,5 mln nafari O‘zbekistondan tashrif buyurganiga alohida e’tibor qaratgan. Vaholanki, 2017 yilda Qirg‘izistonga 379 ming o‘zbekistonlik tashrif buyurgan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, shu tariqa O‘zbekiston fuqarolari bu borada Qirg‘izistonga yaqin va uzoq xorijiy davlatlardan keluvchi sayyohlarni ancha ortda qoldirganlar.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda Qirg‘izistonga 2,5 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.

Jahon turistik tashkiloti 2017 yil yakunlariga ko‘ra Qirg‘izistonni yaqin orada mamlakatga keluvchi sayyohlar oqimi keskin oshadigan yetakchi 10 davlat qatoriga kiritgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar