“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:55
ЎЗO‘Z

Dunyodagi "eng yaxshi pishloq" tanlandi (foto)

09 noya, 11:13 4 040 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi "eng yaxshi pishloq" tanlandi (foto) O‘tgan dam olish kunlari Norvegiyaning Bergen shahrida pishloq pishiruvchilarning nufuzli xalqaro tanlovi World Cheese Awards bo‘lib o‘tdi. Tanlovda butun dunyodan deyarli 3500 turdagi pishloq taqdim qilindi.

Tanlovning bosh mukofoti mahalliy norveg pishlog‘i Fanaustga nasib qildi. Bu pishloq Bergen yaqinidagi Ustegorden fermasida tayyorlanadi. 2-o‘rin ham norveg pishlog‘i – Xelfeyt turidagi pishloqqa berildi. Bu pishloq echki sutidan tayyorlanadi.

Tanlovda hammasi bo‘lib 41 ta davlatdan 3472 turdagi pishloq taqdim qilindi. Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya kabi pishloq ishlab chiqarishdagi yetakchi davlatlar tanlovga katta turdagi pishloqlar olib keldi. Biroq tanlovda norveg pishloqlarining rekord darajada taqdim qilingani haqiqiy syurpriz bo‘lgan: Norvegiya sharafini 175 turdagi pishloq himoya qilgan.

Tanlov hakamlar hay’ati tarkibiga professional hakamlardan tashqari, pishloqni xush ko‘ruvchi boshqa insonlar – blogerlar, jurnalistlar, muzeylar vakillari va gastronomiya bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa odamlar kirdi. Joriy yilda hakamlar hay’atida 50 nafar norvegiyalik va 29 ta davlatdan yana 180 hakam ishladi. Ular pishloqlarning tashqi ko‘rinishi, sirti sifati, asosiy ko‘rsatkichlari (namliligi, yog‘liligi, rang, quyuq-suyuqligi) va eng asosiysi, ta’miga baho berishgan.
pishloq, norveg pishlog‘i, xalqaro tanlov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 222
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 508
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 439
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar