“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:59
ЎЗO‘Z

Jeenbekovning traktori bor, Atamboyev esa millioner — qirg‘iz amaldorlari deklaratsiya topshirishdi

07 noya, 06:30 3 728 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jeenbekovning traktori bor, Atamboyev esa millioner — qirg‘iz amaldorlari deklaratsiya topshirishdi Qirg‘iziston davlat soliq xizmati yagona soliq deklaratsiyasi topshirgan davlat va mahalliy xizmatchilarning daromadlari, xarajatlari va mulklari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qila boshladi, deb yozadi Kun.uz.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning 2017 yildagi daromadlari 890 ming 994,19 qirg‘iz so‘miga teng bo‘lgan (bu qariyb 12800 AQSh dollarini tashkil etadi). Prezidentning ixtiyorida maydoni 160 kv.m bo‘lgan uy, 60 kv.m maydonga ega dala hovli bor. Bundan tashqari u 61,45 gektar yer va MTZ-80 traktoriga ega.

Prezidentning yaqin qarindoshlari 3,7 million so‘m (48900 dollar) ishlab topishgan. Ularning 64 kv.m yuzaga ega kvartirasi va “Leksus 470” avtomobili hamda 20,6 gektar yeri bor.

Deklaratsiyada Jeenbekovlar oilasi 2017 yilda qancha xarajat qilishgani ko‘rsatib o‘tilmagan.

Sobiq prezident Almazbek Atamboyev 2017 yildda 100 million 118 ming so‘m (1 mln 440 ming AQSh dollari) ishlab topgan.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan 12 oy ichida deklarant 77 million so‘m (1 mln 107 ming dollar) sarflagan. Atamboyevning yaqin qarindoshlarining daromadlari o‘tgan yil ichida 738 ming 331 so‘m (10600 dollar) ni tashkil etgan. Almazbek Atamboyevning xususiy mulklari ichida qishloq xo‘jaligi yerlari va qurilmalar bor.

Almazbek Atamboyevning deklaratsiyada qayd etilgan mulklariga uning qarindoshi Saidbek Atamboyev yuz foiz egalik qilishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham nizom jamg‘armasini tasarruf etish huquqi bilan unga rasmiylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 1
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 1
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 2
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 178
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar